Samarqand şahrida 1 maydan jamoat transportida yölkira narxi oşiriladi. Bu haqdagi qaror Xalq deputatlari viloyat Kengaşining 23 aprel kuni bölib ötgan sessiyasida qabul qilindi. Unda jamoat transportida elektron tölovlarni rağbatlantirişga qaratilgan yangi tariflar tasdiqlangan.
Qarorga köra, 1 maydan avtobus, elektrobus va tramvayda yöl haqi naqd pul (QR kodli çipta) orqali tölanganda 4 ming sömni taşkil etadi. Bu amaldagi tarifga nisbatan 1 ming sömga oşirilgan. Şu bilan birga, transport va bank kartasi orqali tölov qilinganda narx özgarmaydi – 2 ming sömligiça qoladi.
Şuningdek, mutasaddilarga jamoat transporti harakatini barça yönalişlarda soat 22:00 gaça uzaytiriş, turistik yönalişlarda esa 24 soat davomida ta’minlaş vazifasi yuklatildi.
Şu bilan birga, Samarqand viloyati transport boşqarmasi ma’lum qilişiça, yaqin kunlarda jamoat transportida yöl haqini naqd pul orqali tölaş mutlaqo bekor qilinadi. Aholidan naqd pulsiz tölov usullariga ötiş söralgan. Yölovçilar transport va bank kartalari, şuningdek mobil ilovalar orqali tölovni amalga oşirişi mumkin. Yöl çiptalarini infokiosklar orqali xarid qiliş imkoniyati ham mavjud.












