16:01 / 19.09.2019
0
18828

Turizm qo‘mitasi rahbariyatida yangi tayinlov amalga oshirildi

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 17 sentyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, Ulug‘bek Ahmadovich A'zamov O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz’ga qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Ulug‘bek A'zamov

Ulug‘bek A'zamov 1981 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy. U 2002 yilda Buyuk Britaniyaning Surrey universitetini “Xalqaro turizm menejmenti va mehmondo‘stlik” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

Tayinlovga qadar Ulug‘bek A'zamov O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top