Uluğbek A’zamov Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining örinbosari etib tayinlandi. Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadovning ma’lum qilişiça, u 6 may kuni AOKA jamoasiga taniştirildi.

Uluğbek A’zamov 1981 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Buyuk Britaniyadagi Surrey universitetini tamomlagan. Turli yillarda BMT Taraqqiyot dasturi doirasida faoliyat yuritgan, Özbekistonning Turkiyadagi elçixonasida maslahatçi bölgan.
Uluğbek A’zamov 2019 yil sentabrda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi örinbosari etib tayinlangan, 2021 yil aprelida turizm va sport vazirining birinçi örinbosari sifatida iş boşlagandi. 2022 yil aprelida vazirlik ikkiga ajratilgaç, turizm va madaniy meros vaziri örinbosariga aylangandi.
U endi agentlik direktori örinbosari sifatida xalqaro hamkorlik, tahliliy ta’minot va matbuot xizmatlari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari bilan şuğullanadi.








