Bu lavozimda işlab kelgan Uluğbek Qosimxöjayev boşqa işga ötgani munosabati bilan 29 yanvar kuni lavozimidan ozod etilgan edi.

Yanvar oyida hukumat tuzilmasida Boş vazir örinbosari – Turizmni rivojlantiriş böyiça davlat qömitasi raisi lavozimi joriy etilgan, bu vazifa Aziz Abduhakimovga topşirilgandi.

Bunga qadar qömitaga 2018 yildan buyon Abdulaziz Aqqulov rahbarlik qilib kelayotgan edi. U öşa yili may oyida rais örinbosari, noyabrda esa rais vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlangan.

Aqqulov 1985 yilda tuğilgan, Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini 2005 yil bakalavr, 2007 yil magistratura bosqiçini «Xalqaro turizm menejmenti» yönalişi böyiça tamomlagan.

Faoliyati davomida «Özstandart» agentligi Standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş ilmiy tadqiqot instituti mutaxassisi (2005-2006), «Özbekturizm» Milliy kompaniyasi «Tur servis standart» DUK mutaxassisi, yetakçi mutaxassisi, boş mutaxassisi, korxona direktori (2006-2011), «Özbekturizm» Milliy kompaniyasi boş mutaxassisi, boşqarma boşliği v.b., boşqarma boşliği (2011-2017) sifatida işlagan.

Şundan söng 2017 yil yanvaridan 2018 yil mayiga qadar Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi Axborot-tahlil boşqarmasi boşliği bölgan.