Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada Abdukarim Mirzayevga nisbatan gumonlar rasman olib tashlandi
Turkiyada yashayotgan o‘zbekistonlik jurnalist Abdukarim Mirzayevga nisbatan gumonlarning hech biri tasdiqlanmadi. U 2020 yil dekabrida turk politsiyasi tomonidan qo‘lga olinib, bir oy tutqunlikda saqlangan edi.
2020 yil oxirida Istanbulda qo‘lga olinib, 33 kun davomida hibsda bo‘lgan o‘zbek jurnalisti Abdukarim Mirzayev ishi bo‘yicha sud bo‘lib o‘tdi. Bu haqda u 2 avgust kuni MFaktor loyihasida namoyish qilingan intervyusida ma'lum qildi.
“Navbatimiz kelmayotgani uchun mahkama cho‘zilib kelayotgandi. Kecha biz haqimizdagi har qanday shubhalar aridi. Bizga nisbatan noto‘g‘ri harakat bo‘lgani sudda aytildi.
Albatta, oqlanishimga hech shubham yo‘q edi. Lekin baribir qog‘ozda tasdiqlanganidan keyin odam to‘la xotirjam bo‘larkan”, – dedi Abdukarim Mirzayev.
Avvaliga “Yoshlar” teleradiokanalidagi chiqishlari, keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda ma'rifiy hikoyalari bilan tanilgan jurnalist 2020 yilning 11 dekabriga o‘tar kechasi Istanbulda qo‘lga olingandi. Uning uyida tintuv ham o‘tkazilgan.
Turk politsiyasi Mirzayevni shubhali shaxslar bilan aloqada bo‘lganlikda gumonlagan. Keyinchalik nafaqat jurnalist, balki u bilan muloqotda bo‘lgani taxmin qilingan shaxslarga nisbatan ham gumonlar tasdiqlanmagan edi.
Advokatga ko‘ra, Turkiya huquq organlariga Abdukarim Mirzayevga tegishli raqam orqali shubhali shaxslar bilan muloqotda bo‘lingani haqida xabar kelib tushgan, bu ma'lumot ortidan jurnalist kuzatilib, so‘ngra qo‘lga olingan.
O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya markaziga o‘tkazilgach, yanvar oyining o‘rtalarigacha ushbu muassasada saqlangandi.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026