Turkiyada özbekistonlik jurnalist Abdukarim Mirzayev ozodlikka çiqarildi. Bu haqda 12 yanvar kuni jurnalistning Telegram-kanalida xabar berildi.
Turkiyaning Kastamonu universiteti Kommunikatsiyalar fakulteti jurnalistika bölimi magistranti Abdukarim Mirzayev 11 dekabr kuni turk politsiyasi tomonidan qölga olingandi.
Uni huquqiy jihatdan himoya qiliş uçun yollangan advokat vaziyatni örgangaç, kimdir Abdukarim Mirzayevga tegişli raqam orqali şubhali şaxslar bilan muloqotda bölgani haqida xabar bergani, uşbu ma'lumot ortidan jurnalist kuzatilib, söngra qölga olinganini aniqlagan.
10 dekabrdan 11 dekabrga ötar keçasi harbiy libosdagi tört kişi, şuningdek, fuqaro kiyimidagi şaxslar Abdukarim Mirzayevning uyiga kelib, tintuv ötkazgan. Söng ular hujjatlarni rasmiylaştirib, jurnalistni olib ketişgandi.
Mirzayevga nisbatan gumonlar öz tasdiğini topmagan. Şunga qaramay, u bir oy davomida deportatsiya bölinmasida qolişiga töğri keldi.
Avvalroq Abdukarim Mirzayev bilan aloqada bölgan «şubhali şaxslar»ga nisbatan gumonlar ham tasdiqlanmagani ma'lum bölgandi.












