O‘zbekiston | 09:49 / 20.12.2019
43536
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tog‘li hududlarida ob-havo keskin yomonlashadi - «O‘zgidromet»

Foto: KUN.UZ

Hafta oxirida O‘zbekiston tog‘li hududlarida ob-havoning o‘zgarishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Juma kuni tog‘li hududlarning katta qismida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Harorat nol daraja atrofida bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari tog‘larda ob-havo keskin yomonlashadi. Hamma joyga qor yog‘adi, ayrim joylarda qor kuchli bo‘ladi, shamolning tezligi sekundiga 18-23 metrgacha kuchayadi, ko‘rinish 50-100 metrgacha pasayadi.

Yo‘llarda qor uyumlari va yaxvonlik hosil bo‘lishi mumkin. 

19-23 dekabrda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chki xavfi mavjud. Harorat kechasi 7-10 daraja sovuq, kunduzi 2-5 daraja sovuqqacha tushadi. 

Yo‘llarda va tog‘ yonbag‘irlariga chiqishda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish tavsiya etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid