Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google kompaniyasi Android qurilmalariga ilovalarni o‘chirish imkoni haqida xabar yo‘lladi
Google kompaniyasi RF Federal aksilmonopoliya xizmati (FAX) qarori ijrosini boshladi - kompaniya Android qurilmalari foydalanuvchilariga Google ilovalarini o‘chirish va boshqa ishlab chiqaruvchilarning ilovalarini qo‘shish imkoniyati haqidagi xabarni yo‘llamoqda. RIA "Novosti" bu haqida ma'lum qildi.
"Qurilmangizda o‘rnatilgan Google'ning ba'zi ilovalaridan (masalan, Chrome, Gmail yoki Google taqvimi) foydalanishni istamasangiz, siz uni osonlikcha o‘chirib tashlashingiz mumkin bo‘ladi", - deyiladi xabarda.
Xabarda Google o‘z ilovalarini qanday o‘chirish, boshqa ishlab chiqaruvchining ilova va qidiruv vidjyetini o‘rnatish hamda qanday qilib raqibning vidjyetini qurilmaning asosiy ekraniga qo‘shish mumkinligi haqidagi ma'lumotni qo‘shimcha qilgan.
Bundan avval FAX Google'ni raqobat to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda ayblab, qurilma ishlab chiqaruvchilari bilan shartnomasiga to‘g‘irlash kiritish orqali qonunbuzarlikni bartaraf etishga chaqirgan.
Google'ga qarshi ish "Yandeks" kompaniyasining shikoyatiga ko‘ra qo‘zg‘atilgan. FAX qurilmalarga Google Play bilan birga kompaniyaning boshqa bir qator ilovalarini majburiy yuklash va boshqa kompaniyalar ilovalarini o‘rnatishga bo‘lgan taqiqni qoidabuzarlik, deb topdi.
Joriy yilning avgust oyida FAX Google kompaniyasiga qonunbuzarlik uchun 438 million rubl jarima solgan. Google'ning qarorni ijro qilish muddati 29 avgustda tugagan, FAX xizmatni bu haqida xabardor qilish uchun 10 kun muxlat bergandi. Kompaniya qaror ijrosi muddatini uzaytirishni so‘ragan, biroq FAX bu iltimosni rad etdi. FAXda ta'kidlanishicha, Google'ga qaror ijrosini vaqtida bajarmaganligi uchun 500 ming rublgacha jarima solinishi mumkin.
Google ustidan sud jarayoni davom etmoqda. Kompaniya aksilmonopoliya idorasining qaroridan norozi bo‘lib, sudga bir qator da'vo arizalarini topshirgan.
Mavzuga oid
12:04
Google Rossiyadan o‘z serverlarining bir qismini olib chiqmoqda
19:35 / 25.12.2025
Akmal Shukurovni ozodlikka chiqarib yuborgan sudyalar ishdan olindi
18:28 / 25.12.2025
“Credit House” ishida sud boshlandi: birinchi kun qanday o‘tdi?
18:56 / 22.12.2025