Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google simsiz routerini Google Wi-Fi savdosini boshladi
Google kompaniyasi ixcham Google Wi-Fi routerining savdosini boshladi. Qurilmaning o‘ziga xos jihati, ikki yoki undan ortiq routerlarni yagona simsiz tarmoqqa ulash imkoniyati mavjudligidir. Uni 129 dollar evaziga buyurtma qilish mumkin.
Bir dona router 140 metr kvadrat maydonni qoplay oladi. Uch dona Google Wi-Fi esa 420 metr kvadrat maydonga internet signallarini yetkazib bera oladi.
Bundan tashqari, Google Wi-Fi Network Assist texnologiyasidan foydalanadi, u foydalanuvchilarga o‘ziga eng yaqin kirish nuqtasidan internetga ulanish imkonini beradi. Tarmoq mobil ilova yordamida boshqariladi.
Bir dona router 129 dollarga baholangani holda, uchtasini 229 dollar evaziga xarid qilish mumkin. Uni Amazon, Google Store va Best Buy tarmoqlarida buyurtma berish mumkin.
Mavzuga oid
22:10 / 05.04.2026
Eronda internet o‘chirilishi bo‘yicha jahon rekordi qayd etildi
15:41 / 13.03.2026
Davlat dumasida mobil internet va Wi-Fi yo‘qolib qoldi
15:58 / 30.01.2026
Apple, Meta, Google. IT gigantlari O‘zbekistonda qancha soliq to‘layapti?
12:08 / 13.01.2026