Toshkent viloyatida koronavirus yuqtirib olganlarning 60 foizi 5ta tumanga to‘g‘ri keladi - Rustam Xolmatov murojaati
Bular – Qibray, Toshkent, Zangiota, Yangiyo‘l va Parkent tumanlaridir.
Bugun, 20 iyulda Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov viloyatdagi epidemiologik vaziyat yuzasidan murojaat bilan chiqdi.
Xolmatovning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida jami kasallanish holatlari 1892tani tashkil etadi. Shundan 936 kishi sog‘aygan.
«Kecha [19 iyul] viloyat bo‘yicha kasallanganlar soni 78 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 58 nafari kechaning o‘zida sog‘aygan. Demak, bugungi holatga ko‘ra, davolanayotganlar soni 947 nafarni tashkil etyapti.
Shulardan 244 nafari statsionar sharoitda (Zangiota tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida – 68, Olmaliq shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida – 33, respublika muassasalarida – 143 nafar), uy sharoitida esa 703 nafar bemor davolanmoqda.
Kasallik yengil shaklda alomatlarsiz kechayotgan uy sharoitida davolanayotganlarning to‘liq izolyatsiya holatida bo‘lishlarini ta'minlash maqsadida hamda ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish (onlayn tarzda tibbiy maslahat va xonadoniga borish), zaruriy oziq-ovqatlar, immunitetni ko‘taruvchi dori-darmonlar va boshqa zaruriy ehtiyoj mollarini yetkazib berish maqsadida 31ta mobil guruh faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Oldimizda turgan eng katta vazifalardan biri – tibbiyot muassasalarida tez tibbiy yordam uchun shart-sharoitlarni yaratish. Bugungi kunda viloyatimizdagi faqat shahar va viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonalarida 905 o‘rinli zaxira mavjud. Bundan tashqari, yana sihatgoh va sanatoriylarda 10 mingta o‘rin zaxirasini yaratish ishlari ketyapti.
Ikkinchidan, dori-darmonlar masalasi. Prezident topshirig‘iga ko‘ra, 10 mlrd so‘m o‘tkazildi, yana qo‘shimcha mablag‘larimiz bor. Sog‘liqni saqlash muassasalarida 9 turdagi zaruriy dori-darmon vositalaridan 5 turi mavjud bo‘lib, bu 5 kunlik zaxirani tashkil etadi.
Viloyat hududida infeksiyaga qarshi ishlatiladigan 9 xil turdagi dori – darmonlarning 3 oylik (293 mln so‘mlik) zaxirasi jamlandi. Bundan tashqari, COVID-19 va uning asoratlarini davolashda ishlatiladigan 49 xil turdagi dorilar ehtiyoji va zarur mablag‘ hisoblab chiqildi (3 oylik dori-darmon ehtiyoji uchun 27 mlrd so‘m mablag‘ kerak bo‘ladi).
Uchinchidan, koronavirus kasalligini viloyat tumanlaridagi mavjud vaziyatdan kelib chiqib, davolash usullarini ishlab chiqish. Statsionar, uy sharoitida davolanayotganlar va karantinga olingan fuqarolar bilan ishlash bo‘yicha mexanizm yaratamiz.
Shu bilan birga, joylarda fuqarolarni kasallikdan profilaktika qilish uchun targ‘ibot-tashviqot olib boramiz. 286ta targ‘ibot-tashviqot tadbirlari amalga oshirildi. Jumladan, 178ta PPX patrul avtomashinasining ovoz chiqaruvchi vositasi bilan va 79ta mobil ovoz kuchaytiruvchi stansiyalari bilan shuningdek, karantin qoidalariga rioya etish bo‘yicha 2 311ta targ‘ibot suhbatlar o‘tkazildi.
Bosh vazir Abdulla Aripov viloyatga tashrif buyurib, shifokorlar, mutasaddilar bilan birgalikda yig‘ilish o‘tkazdi. Unga ko‘ra, viloyat shifoxonalariga 80ta tez yordam mashinasi olib kelinadi. Bir qismi bugun yetib keladi.
Joylarda 237ta tez tibbiy yordam guruhlari bo‘lsa, ularga qo‘shimcha 114ta tez tibbiy yordam guruhlari tashkil qilinadi.
Test topshirish bo‘yicha gapiradigan bo‘lsak, viloyat SEOMda 4ta PZR apparati ishlab turibdi. Toshkent, Yangiyo‘l, Zangiota tumanlarida bittadan laboratoriya ishga tushirildi. Viloyatda jami 7ta PZR apparatida tahlillar o‘tkazilyapti.
Bugun Qibray tumaniga olib keldik, laborant-xodimlar o‘qitilyapti. Olmaliq shahri, Bekobod tumani va ularga yaqin hududlarga shunaqa apparatlar olib kelish rejalashtirilyapti.
Viloyatda 132ta poliklinika bo‘lsa, ayrimlari 24 soatlik ish rejimiga o‘tkaziladi. Barcha imkoniyatlarimiz yetarli.
Viloyatimizda kasallanganlarning asosiy qismi – 60 foizi 5ta tuman: Qibray, Toshkent, Zangiota, Yangiyo‘l, Parkent hissasiga to‘g‘ri keladi. Kasallanish darajasi yuqori bo‘lgan hududlarga alohida e'tibor beryapmiz», – dedi Rustam Xolmatov.
Ma'lum qilinishicha, ayni paytda Toshkent viloyatida 7 mingta test jamlamasi zaxirasi bor.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
-
Polshada ilk bor ayol kishi F-16 qiruvchi samolyoti uchuvchisiga aylandi
Jahon | 23:09 / 18.04.2025
Mavzuga oid

23:28 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi

15:52 / 01.04.2025
Toshkent viloyatida Howo, “ZIL”, Cobalt va Nexia to‘qnashdi

23:07 / 25.03.2025
Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

16:25 / 20.03.2025