Jahon | 09:20 / 07.12.2017
21790
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Turkmaniston bilan chegaradagi vaziyat haqida ma'lumot berdi

Qozog‘istonlik deputat Serik Sapiyev parlament majlisi yig‘ilishida Qozog‘istonning Turkmaniston bilan chegarasida joylashgan «Temirbobo» nazorat-o‘tkazish punktidagi vaziyat haqida savol berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston.

Sapiyev chegarani kesib o‘tayotgan har ikki davlat fuqarolari soni, hamda avtomobil punktining o‘tkazish imkoniyati bilan qiziqqan.

Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, chegara xizmati direktori Darxon Dilmanov esa «Temirbobo» o‘tkazish punkti 2004 yildan beri faoliyat ko‘rsatayotgani haqida javob qaytardi.

Kompleks nafaqat chegara xizmatiga, balki bojxona organlari, fitosanitar, karantin, shuningdek transport nazorati bo‘yicha to‘laqonli faoliyat ko‘rsatish imkonini beradi.

Nazorat-o‘tkazish punkti yuklamalarga bardosh bermoqda, tirbandliklar yo‘q.

«Har kuni taxminan 400 fuqaro o‘tadi – ham bizga, ham ortga. Taxminan 80 ta avtomobil texnikasi. Odatda, chegarani kesib o‘tuvchilar – bu Mang‘it va Balkan viloyati aholisidir», - deya aytib o‘tdi Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi vakili.

Dilmanovning qo‘shimcha qilishicha, uchinchi davlat fuqarolarining juda ko‘plab transport vositalari ushbu nazorat punkti orqali o‘tadi.

Qozog‘iston parlamenti majlisi chorshanba kungi yig‘ilishda «Qozog‘iston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasida qozoq-turkman davlat chegarasining demarkatsiyasi to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ma'qulladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid