Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erondagi o‘zbekistonliklarga Turkmaniston orqali chiqishga ko‘maklashiladi
O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi tezkor shtabi va vakolatli tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilayotgani ta’kidlanmoqda.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Erondan Turkmaniston hududi orqali qaytayotgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rmoqda, deb xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi.
Qayd qilinishicha, O‘zbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi tezkor shtabi va vakolatli tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan va fuqarolarni «Saraxs» Turkmaniston–Eron chegara nazorat-o‘tkazish punktida kutib olish uchun elchixona xodimlari va avtomashinalari safarbar qilingan.
Mavzuga oid
08:33
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
14:37 / 30.06.2026