Jamiyat | 11:45 / 23.08.2018
10514
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkent va Farg‘onada bepul «Malayziyada ta'lim» ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

«Malayziyada ta'lim» bepul ko‘rgazmasi Toshkent shahrida 24- va 25- avgust, Farg‘ona shahrida 26 avgustda  tashkil etiladi. Toshkentdagi ko‘rgazma Yoshlar ijodiyot saroyida, Farg‘onadagisi esa – Yoshlar ittifoqi binosida o‘tkaziladi. Tadbir tashkilotchilari JaziraTour  va EduAction kompaniyalari.

Tadbir soat 10-00 da boshlanib, kun bo‘yi soat 18-00 ga qadar davom etadi. Tadbirga tashrif buyurganlar uchun Malayziyada ta'lim olish dasturlari, ushbu ajoyib o‘lkada oliy ma'lumotni olish yutuqlari hamda mavjud universitet va fakultetlar haqida ma'lumotlar beriladi. Bundan tashqari, ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar ekspertlar hamda studentlar bilan muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari, tajriba almashishlari mumkin bo‘ladi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar rasmiy saytda ro‘yxatdan o‘tsa, kompaniyaning keyingi xizmatlariga 70% chegirmani qo‘lga kiritishi mumkin bo‘ladi. Ishtirokchi anketasini mana bu yerda to‘ldirish mumkin bo‘ladi.

Ko‘rgazma haqidagi batafsil ma'lumotni saytimizdan olish mumkin: http://edu-expo.uz.

Ma'lumot uchun telefon: +99895 1458686, +99895 1944422

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid