Kun.uz muxbiri voqea tafsilotlari haqida batafsil ma'lumot oliş maqsadida jurnalist bilan boğlandi.
Ma'lumki, şahar va tumanlarda aholiga arzon narxda oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beriş maqsadida yarmarkalar taşkil etiladi. Jurnalist 21 aprel kuni soat 9larda tuman markazidagi yarmarka va bozorçadagi holatni öz telefonida tasvirga tuşirmoqçi böladi. Bunga sabab, Uçköprik tumani hokimligi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali koronavirus pandemiyasi vaqtida aholiga qulaylik yaratiş maqsadida taşkil etilgan yarmarkada sifatli mahsulotlar arzon narxlarda sotilayotgani haqida xabar tarqatgan edi.
Madrahimovaning aytişiça, savdo şoxobçasidagi holat boşqaçaroq bölgan.
«Donasi 500 sömdan deb narx yopiştirib qöyilgan tuxum olmoqçi bölganimda, sotuvçi har bir odamga faqat 5 donadan sotilişini aytdi. Kilogrammi 42 ming sömdan bölgan göşt öta sifatsiz bölib, sarğayib uç-tört kun turdi, birov olmadi. Çirişga kelgan kartoşkaning kilosi 2500 söm bölib, foydalanişga yaraydigan emas edi. Uçköprik dehqon bozorida esa narx navo-qimmat.
Men Uçköprik tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan yarmarkada arzon narxda oziq-ovqat mahsulotlari sotilayotgani haqida feysbukda xabar qöyilgaç, post ostida öz e'tirozimizni bildirgan edim. Meni va tumanda yaşovçi bloger Dilşodbek Daliyevning Uçköprikda ayni paytda narxlar qimmat ekanligi haqidagi fikrlarimizga Uçköprik tumani hokimi Akmal Mahmudaliyev e'tiroz bildirib, bizni «faqat yomon tomonini körişda, yaxşi tomonini körmaslik»da aybladi. Şuning uçun haqiqiy holatni biliş maqsadida keça yarmarkadagi holatni tasvirga olmoqçi böldim», deydi Şarifa Madrahimova.
Jurnalist yarmarkaga borib, holatni telefonida video va foto tasvirga olayotganida özini «tuman hokimligi vakili», deya taniştirgan Şohjahon Möydinov kelib telefonini tortib oladi. Tuman hokimligi vakili şu atrofda bölgan IIB vakilini çaqiradi va IIB xodimi Şarifaxon Madrahimovaga şaxsini aniqlaş uçun IIBga boriş kerakligini aytadi. Öşa paytda jurnalistning yonida guvohnomasi bölmagan.

Madrahimova tuman IIBga olib boriladi. Uning yonida bölgan turmuş örtoği u jurnalist ekanini tasdiqlovçi hujjatni olib keliş uçun uyga qaytadi.
«IIBga borganimizdan söng turmuş örtoğim u yerga Özbekiston jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Farğona viloyat bölimi tomonidan berilgan guvohnoma va «Ma'rifat» gazetasi muxbiri ekanim haqidagi hujjatlarni olib keldi. Hujjatlarni körgaç, IIB xodimlari guvohnomalarda amal qiliş muddati yöqligi, ular haqiqiyligini tasdiqlaş kerakligini aytişdi. Men viloyat jurnalistlari ijodiy uyuşmasiga a'zolik guvohnomasi boşqaruvçi Muhammadjon Obidov tomonidan berilgani, telefon qilib aniqlik kiritiş mumkinligini aytdim. Xodimlar Muhammadjon Obidovga qönğiroq qilişdi. U kişi esa «Guvohnomani qaçonlardir berganmiz. Bu hujjat haqiqiy emas. Qonuniy çora, jazo köraveringlar», dedi. Xona kiçik bölgani uçun uning ovozi bizga ham aniq eşitilib turardi. IIB xodimi «Mana Muhammadjon Obidov hujjat haqiqiy emasligini tasdiqladi», dedi.

















