Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan prokuratura va içki işlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazildi.
Unda, Samarqand tumanida istiqomat qiluvçi şaxs Navoiy şahrida yaşovçi fuqaroni “Turkiya-Yevropa-Meksika” yönalişi orqali Amerika Qöşma Ştatlariga yuboriş evaziga 28 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 14 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Xizmatning Jizzax viloyati böyiça boşqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida ham tezkor tadbir ötkazilgan.
Unda, Toşkent şahrida yaşovçi, muqaddam firibgarlik bilan boğliq jinoyati uçun bir neça marotaba sudlangan şaxs Şarof Raşidov tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroning işonçiga kirib, uni Qöşma Ştatlarga yuboriş va viza hujjatlarini rasmiylaştirib beriş evaziga 35 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 10 ming AQŞ dollari miqdoridagi pul mablağini uçinçi şaxs orqali olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga çek qöyildi.
Sirdaryo viloyatining Guliston şahrida kuzatilgan holatda esa, Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanida yaşovçi şaxs mahalliy fuqaroni Turkiya-Ispaniya-Meksika yönalişi orqali Amerikaga işlaş maqsadida yuboriş uçun mansabdor tanişlari orqali viza rasmiylaştirib beriş evaziga 15 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 5 ming AQŞ dollari va 26 mln söm olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Xizmatning Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Toşkent viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda, Toşkent şahrida yaşovçi şaxs Şirin şahrida istiqomat qiluvçi 2 nafar fuqaroning işonçiga kirib, ularni Amerika Qöşma Ştatlariga işga yuboriş hamda viza va boşqa hujjatlarini rasmiylaştirib beriş evaziga 38 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 52 mln söm olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















