Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyev IIVda so‘roq qilinmoqda
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev Ichki ishlar vazirligida so‘roq qilinmoqda. U ayrim jinoiy ishlar doirasida guvoh sifatida jalb etilgani ma’lum qilinmoqda.
Foto: gov.kg
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Qamchibek Tashiyev 19 mart kuni mamlakat Ichki ishlar vazirligining Bosh tergov boshqarmasiga olib kelinib, so‘roq qilindi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, u ikki jinoyat ishi bo‘yicha guvoh sifatida tergov harakatlarida ishtirok etmoqda. Tashiyev tergovchi huzuriga advokati bilan birga kirgani xabar qilingan.
Ayrim manbalarda u bilan bog‘liq tergov harakatlari ertalab soatlarda boshlangani va hozirda u IIV binosida bo‘lib turgani aytilmoqda.
Hozircha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot berilmagan. Shu bois so‘roq sabablari va ishning tafsilotlari ochiqlanmagan.
Qamchibek Tashiyev 2026 yil 10 fevral kuni lavozimidan ozod etilgan edi.
Mavzuga oid
10:56 / 17.04.2026
IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish yo‘lga qo‘yildi
10:36 / 15.04.2026
Qamchibek Tashiyevning ikki nafar sobiq o‘rinbosari hibsga olindi
15:23 / 13.04.2026
«Dejurniy jabrlanuvchilar» ishi. IIV holatni o‘rganmoqda
21:08 / 01.04.2026