Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkorlikka yer va binolar ajratishni ko‘paytirish zarur
Prezident Shavkat Mirziyoyev yer uchastkalari boshlang‘ich narxini 50 foizgacha chegirma bilan sotuvga qo‘yish vakolatini mahalliy kengashlarga berishni taklif qildi.

Prezident tadbirkorlar bilan ishlash yuzasidan yig‘ilishni keskin tanqidiy ruhda boshladi.
Baxmal tumani hokimi Anorboyev, Qo‘shrabot tumani hokimi Oqbo‘tayev, Xonqa tumani hokimi Davlatov, Qo‘shtepa tumani hokimi Novikov va Paxtaobod tumani hokimi Bozorov ham vaziyatni o‘nglamasa ishdan olinishi haqida ogohlantirilgan.
«Rahbarlikka juda ko‘p yoshlar o‘sib kelyapti, ishlamaydigan rahbarlar ularga to‘siq bo‘lyapti. Soliyev, Turdimov, Ermanov, Bozorov, Abdurahmonov ushbu tumanlarda ikki hafta muddatda tadbirkorlik loyihalari dasturini ishlab chiqib, alohida nazoratga olsin», degan prezident.
«Mahallabay» ishlash doirasida, banklar tomonidan tadbirkorlik rivojlanmagan 858ta «qizil» mahallaning «o‘sish nuqtalari» aniqlanib, ular bo‘yicha «yo‘l xarita»lari tasdiqlandi.
Misol uchun, Pskent tumanida yil yakuniga qadar 21ta loyiha amalga oshiriladi, 5 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi, budjetga qo‘shimcha 1,5 milliard, «3ta daftar» jamg‘armalariga 400 million so‘m tushum ta'minlanadi.
Davlat rahbari tadbirkorlikka yer va binolar ajratishni ko‘paytirish zarurligini ta'kidlab o‘tgan.
«Bir oy muddatda yer uchastkalariga investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni belgilash tartibi ko‘rib chiqilsin.
Kudbiyev, Qosimov, Kadastr agentligi (Fazliddin Umarov) bir oy muddatda, olis va chekka hududlarda joylashgan yer uchastkalarining boshlang‘ich narxini 50 foizgacha chegirma bilan sotuvga qo‘yish vakolatini mahalliy kengashlarga berish tartibini hukumatga kiritsin. Markaz va chekka hududda narxlar bir xilligi adolatsizlik.
Shu bilan birga, «temir», «ayollar» va «yoshlar» daftarlariga kirgan aholi bandligini ta'minlash uchun, o‘zi yashaydigan mahallada sharoit yaratib berish lozim.
Misol uchun, Chortoqning «Bog‘iston» mahallasidan tuman markaziga borib ishlashga majbur bo‘lgan (32 kilometr) 40 nafar tikuvchi ayollar muammosi davlat-xususiy sheriklik asosida hal qilingan.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari bir oy muddatda 1,5 mingta mahallaga xususiy sheriklik asosida bino qurib berish bo‘yicha tashabbuskorlarni aniqlab, loyihalarni boshlasin.
Qo‘chqorov, Kudbiyev, Ikromov, Bosh prokuratura (Dilshod Rahimov) bir oy muddatda yengil konstruksiyali ko‘chma savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish, ularni auksion orqali joylashtirish tartibini ishlab chiqsin.
Murakkablashtirmanglar, yengil bitadigan shoxobchalar tashkil qilinglar. Murakkablashsa, ruxsatnoma berish ko‘payadi. Ruxsatnoma berish bu korrupsiya degani», deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Bu borada so‘zga chiqqan Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov viloyatda 1088ta konteynerga talab borligini aytdi.
«Olot tumaniga tashrifingiz davomida konteynerlar bo‘yicha topshiriqlar bergandingiz. O‘rganishlarimiz natijasida 1088 ta shunday konteynerlarga talab borligi ma'lum bo‘ldi. Yanada arzonlashtirish yo‘llarini ko‘rib, 35 mln so‘mlik konteynerni 25 mln so‘mdan yasatyapmiz. 400ta konteyner hozir tayyor bo‘ldi.
Qozog‘iston bilan chorvachilik, Rossiya bilan meva-sabzavot bo‘yicha hamkorlik qilyapmiz», dedi u.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
-
Polshada ilk bor ayol kishi F-16 qiruvchi samolyoti uchuvchisiga aylandi
Jahon | 23:09 / 18.04.2025
Mavzuga oid

12:07 / 11.04.2025
Turizm sohasida yangi vazifalar belgilandi. Avvalgi topshiriqlar ijrosi qoniqarlimi?

16:37 / 09.04.2025
Prezident zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

15:48 / 09.04.2025
«Sayyohlar yo‘llar ahvolidan norozi» - mutasaddilarga «turizm halqasi»ga kirgan yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha ishlarni boshlash topshirildi

19:19 / 25.03.2025