Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Kvartplata»dan qarzdorlar uchun elektrga to‘lov qilish cheklanadi
1 iyuldan boshlab, ko‘p kvartirali uyning majburiy to‘lovlari bo‘yicha tartib o‘zgaradi.
Foto: Kun.uz
2026 yil 1 iyuldan boshlab turar joy mulkdori ko‘p kvartirali uyning bank hisobvarag‘iga majburiy to‘lovni (kvartplata) oyning 15-sanasiga qadar amalga oshirmasa, uning elektr energiyasi uchun to‘lovlarini qabul qilish qarzdorlik to‘liq qoplangunga qadar to‘xtatib qo‘yiladi. Bu haqda prezidentning 5 fevraldagi ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qarorida belgilangan.
Qayd qilinishicha, ko‘p kvartirali uyning bank hisobvarag‘idagi mablag‘lar har oyda, birinchi navbatda, uyning elektr energiyasi to‘lovi uchun (pod’yezd, zinapoya, yo‘lakni yoritish, lift ishlashi, uy atrofidagi hududni yoritish, nasos va boshqa umumiy uy ehtiyojlari uchun) yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, mulkdor tomonidan majburiy to‘lovlar kechiktirilgan har bir kun uchun to‘lov summasidan penya (jarima) hisoblanadi:
- Yuridik shaxslar uchun — 0,4%;
- Jismoniy shaxslar uchun — 0,1%.
Bunda penya miqdori har bir oy uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan oshib ketmasligi kerak.
Hisoblangan penya mablag‘lari teng ulushlarda ko‘p kvartirali uyning bank hisobvarag‘iga hamda «Mening uyim» tizimini saqlash xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi.
Ta’kidlanishicha, majburiy to‘lovlar faqat bank kartalari, elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
09:17 / 17.03.2026
Kubada milliy miqyosdagi blekaut yuz berdi
14:24 / 14.03.2026
Fermerga hisoblangan asossiz 126 mln so‘mlik qarzdorlik bekor qilindi
16:05 / 23.02.2026
MIBdan qarzdorlikni qanday tekshirish mumkin?
14:31 / 12.02.2026