Qonun (ÖRQ–1134-son, 2026 yil 20 aprel) bilan “Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida”gi qonunga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Kiritilgan özgartişlarga köra, ijro işini yuritişning soddalaştirilgan tartibi endi quyidagi qarzdorliklarni undirişga nisbatan ham tatbiq etiladi: poçta va (yoki) videokonferensaloqa xarajatlari, kommunal xizmatlar böyiça qarzdorlik, köp kvartirali uylar mulkdorlarining majburiy badallari yoki tölovlari hamda bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravaridan oşmaydigan summalar.

Şu bilan birga, qonunda davlat ijroçisi tomonidan soddalaştirilgan tartibda qöllanadigan majburiy ijro çoralari ham belgilandi. Xususan, undiruvni qarzdor jismoniy şaxsning bank hisobvaraqlaridagi mablağlariga qaratiş, şuningdek, belgilangan miqdor doirasida iş haqi, pensiya, stipendiya va boşqa daromadlaridan uşlab qoliş mumkin.

Biroq, yangi qöşimçalarga köra, mazkur majburiy ijro çoralari ayrim holatlarga, jumladan, videokonferensaloqa xarajatlari, kommunal xizmatlar va köp kvartirali uylar böyiça majburiy tölovlarga nisbatan qöllanilmaydi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kirdi.