Özbekistonda köp kvartirali uylarga xizmat körsatuvçilarga “Mening uyim” billing tizimi orqali haq tölaşda qöşimça tölovga duç kelmoqda.

2026 yil 5 fevralda imzolangan “Köp kvartirali uylarni boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-48-son qarori 10-ilovasi 16-bandiga asosan, “Mening uyim” billing tizimini texnik qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş xarajatlarini qoplaş maqsadida aholi tomonidan tölangan majburiy badallarning 1 foizi Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş respublika markaziga avtomatik ravişda ötkazilişi belgilangan.

Biroq ijtimoiy tarmoqlarda bu 1 foizlik ajratma amaldagi summadan uşlab qolinmasdan, aholidan qöşimça haq sifatida undirilayotgani haqida e’tirozlar paydo böldi.

Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi matbuot xizmati Kun.uz'ga bergan izohga köra, mazkur 1 foizlik mablağ – alohida yangi tölov emas, balki mavjud majburiy badal tarkibidan avtomatik uşlab qolinadigan summa hisoblanadi. Ya’ni, qarorga köra, bu xarajat alohida ravişda mulkdor zimmasiga yuklatilmasligi kerak.

Şu bilan birga, fuqarolar elektron tölov tizimlari orqali tölov qilganida qöşimça komissiya ham undirilişi mumkin. Bu holat ayrim foydalanuvçilarni adaştiryapti: ular tölov tizimlarining komissiyasini qarordagi 1 foizlik ajratma deb öylamoqda.

Vazirlikning qayd etişiça, Payme, MyKommunal, Zoomrad yoki boşqa vositaçi platformalar orqali amalga oşirilgan tölovlarda xizmat haqi sifatida alohida komissiya olinadi. Bu mablağ “Mening uyim” tizimi uçun ajratiladigan 1 foizlik uluşdan boşqa tölov hisoblanadi va uning miqdori xususiy tölov taşkilotlarining içki tarif siyosati asosida belgilanadi.

Mas’ullarga köra, hozirda quyidagi tölov usullari amal qilmoqda:

  • boşqaruv organining hisobraqami joylaşgan bank kassalarida “Munis” tizimi orqali — 0,5 foizgaça komissiya (bank bilan kelişuvga köra bepul bölişi ham mumkin);
  • “Mening uyim” billing tizimi va mobil ilovasi — 1 foiz;