Yangi infografika jahon energetika balansida elektr energiyasi qanday manbalar hisobiga işlab çiqarilayotganini körsatadi. Unga köra, faqatgina kömirning özi dunyodagi barça elektr energiyasining qariyb uçdan bir qismini ta’minlamoqda.

Şu bilan birga, tabiiy gaz hamon ikkinçi eng yirik energiya manbai bölib qolmoqda. Bu esa yoqilği resurslari haligaça global energetika tizimiga çuqur integratsiyalaşganini körsatadi.

Ma’lumotlar 2025 yil uçun Ember tahlil taşkiloti tomonidan taqdim etilgan.



Reytingga köra, kömir dunyo elektr energiyasining qariyb 33 foizini ta’minlab, eng yirik manba bölib qolmoqda.

Kömirga bölgan asosiy talab sanoatlaşuv tez keçayotgan davlatlarda şakllanmoqda. Bu mamlakatlarda kömir nisbatan arzon va oson resurs hisoblanadi.

Ayniqsa, Xitoy va Hindiston kabi Osiyo davlatlari iqtisodiy ösişni ta’minlaş uçun tobora köproq energiyaga muhtoj bölib bormoqda.

Tabiiy gaz jahon elektr energiyasining qariyb 22 foizini ta’minlab, ikkinçi örinni egallagan.

Gaz elektr stansiyalari qayta tiklanuvçi energiya manbalari uçun “zaxira manba” sifatida ham köriladi. Çunki ular yuklamaga qarab işlab çiqariş hajmini tez oşiriş yoki kamaytiriş imkoniga ega.

Şunga qaramay, umumiy hisobda yonilği resurslari hali ham jahon elektr energetikasining taxminan 57 foizini taşkil etmoqda.

Quyoş va şamol energetikasi hozirda elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi böyiça deyarli tenglaşgan.

Har ikkisi dunyo generatsiyasining taxminan 8–9 foizini ta’minlamoqda.

Ayniqsa, quyoş energetikasi sönggi ön yillikda juda tez ösdi. Bu, asosan, quyoş panellari narxining keskin arzonlaşişi va Xitoy, Yevropa hamda AQŞda yirik stansiyalar qurilişi bilan boğliq.