
Xorazm viloyatida viloyat adliya boşqarmasi boşliği va Yangiariq tumani FVB rahbari 15-17 yoşlardagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari bilan jinsiy aloqa qilib kelgani ijtimoiy tarmoqlarni larzaga keltirmoqda. Tahririyatda mavjud ma’lumotlarga köra, mehribonlik uyining voyaga yetmagan tarbiyalanuvçilari uzoq vaqt (qariyb 1 yil) davomida tahdid ostida, ruhiy va jismoniy bosimlar bilan jinsiy aloqa qilişga majbur qilingan.
Quyida sud hukmi bilan sudlanuvçilarga tayinlangan Jinoyat kodeksining tegişli moddalarini tahlil qilib köramiz.
Sud tomonidan ikki mansabdorga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş) 1-qismi va Jinoyat kodeksining eski tahrirdagi 128-1-moddasida (ön olti yoşdan ön sakkiz yoşgaça bölgan şaxs bilan moddiy qimmatliklar beriş yoxud mulkiy manfaatdor etiş orqali jinsiy aloqa qiliş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilişda aybli deb topilgan hamda ularning har biriga 1 yil 6 oydan muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.
2022 yil dekabr oyida iş apellyatsiya tartibida körib çiqilgan va birinçi instansiya sudi tomonidan çiqarilgan qaror özgartirişsiz qoldirilgan.
Voqealarni tahlil qila turib sudlanuvçilar yengil jazo nazarda tutuvçi moddalar bilan aybdor deb topilgani hamda jazo tayinlanganini köriş mumkin.
Voyaga yetmagan, himoyasiz, har tomonlama jinoyatçilarga töla qaram ojiz qizaloqlar muttasil jinsiy zöravonlikka uçragan.
Aslida bu kabi qilmiş Jinoyat kodeksining 118-moddasining bir neçta qismi va bandlari bilan malakalanişi kerak edi.
E’tibor bering, uşbu modda qanday qilmiş uçun jazoni nazarda tutadi:
Nomusga tegiş, ya’ni zörlik işlatib, qörqitib yoki jabrlanuvçining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qiliş —
- ikki yoki bir neça şaxsga nisbatan;
















