O‘zbekiston | 16:58
1678
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazm viloyatining ikki tumanida hokim o‘zgardi

Yangibozor tumani hokimi Ruslan Jumaniyozov Hazorasp tumani hokimi lavozimiga o‘tkazildi. Uning o‘rniga Yangibozor tumaniga esa Alisher Masharipov yangi hokim bo‘ldi.

Xorazm viloyatining Hazorasp va Yangibozor tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xususan, Ruslan Jumaniyozov Hazorasp tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

U muqaddam Urganch tumani prokurori bo‘lgan, 2023 yil fevralidan buyon Yangibozor tumani hokimi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Ruslan Jumaniyozov

Hazorasp tumaniga 2025 yil martidan buyon Maqsudbek Abdullayev rahbarlik qilib kelayotgandi. Uning keyingi faoliyati haqida ma’lumot yo‘q.

O‘z o‘rnida Ruslan Jumaniyozov Yangibozor tumani hokimi lavozimiga esa Alisher Masharipov tayinlandi.

Alisher Masharipov

U tayinlovga qadar tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid