Xorazmda oilaviy mehribonlik uyi rahbari X.Yu. öz vasiyligidagi 3 nafar voyaga yetmagan qizni 2021 yil maydan 2022 yil fevralgaça, ya’ni 10 oy davomida turli erkaklar bilan jinsiy aloqa qilişga majburlab kelgan. Mijozlar viloyat adliya boşqarmasining boşliği hamda tuman favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği ekani aytilmoqda. Erkaklar körsatilgan “xizmat” evaziga mudirani turli miqdordagi pul bilan siylaşgan, mehribonlik uyiga homiylik yordami sifatida mebel, ofis jihozlari, oziq-ovqat, içimlik va şirinliklar olib berişgan.
Mazkur jinoyat foş etilgan va sudga oşirilgan. Oliy sud axborot xizmati rahbari Azizxon Obidov Kun.uz söroviga javoban şunday mazmundagi iş sudda körilganini tasdiqladi. Biroq iş yopiq sud majlisida körilgani uçun tafsiloti oçiqlanmasligi, qonun bunga yöl qöymasligini bildirdi.
“Sukut saqlama” loyihasi jinoyat işiga doir ayrim tafsilotlarni oçiqlagan. Ma’lum bölişiça, viloyat adliya boşqarmasining sobiq boşliği M.A. mudiraning muammolarini hal qilişda öz vakolatlarini işga solişga va’da beradi. U 2021 yil aprel oyida mehribonlik uyiga xayriya sifatida printer sovğa qiladi (tergov davomida qurilma viloyat adliya boşqarmasi balansida bölgani, mehribonlik uyi kelguniga qadar ham yaxşigina işlatilgani, keyinçalik yaroqsiz holga kelgani aniqlangan).
Qayd etilişiça, “xayriya” qilganidan bir neça hafta ötgaç, erkak mehribonlik uyi rahbaridan unga jinsiy ehtiyojlarini qondiriş uçun qiz topib berişni talab qilgan. Şunda mudira 17 yaşar yetim qiz Ra’noni (ismi özgartirilgan) tanlaydi va uni oç qoldirib, boşqa bolalardan ajratib qöyadi, taşqariga çiqişini taqiqlaydi. U ruhan mudiraning har qanday buyruğiga tayyor böldi deb hisoblagan ayol viloyat adliya boşqarmasi boşliği qizga 250 ming sömlik sport oyoq kiyimi olib bergani, şu bois endi u bilan jinsiy aloqa qilişga majburligini uqtiradi. Adliya boşqarmasi tomonidan viloyat adliya boşqarmasi xodimlariga xizmat uyi sifatida ajratilgan xonadon adliya boşqarmasi boşliğining voyaga yetmagan qizlar bilan şahvoniy uçraşuviga makon vazifasini ötaydi.
2021 yil may oyi boşida mehribonlik uyi mudirasi öşa paytda 15 yoşli Aziza (ism özgartirilgan)ni taniş erkak bilan jinsiy aloqa qilişga majburlagan. Qiz bunga qarşilik körsatganda mudira oşxonadan öqlov olib kelib, barça bolalarning köz öngida qizning ukasini kaltaklagan. Şu tariqa qizning irodasini sindirgan mudira uni öşa kuni tanişining, keyinçalik esa boşqa erkaklarning quçoğiga kiritişga muvaffaq bölgan.
















