O‘zbekiston | 10:22 / 20.11.2020
27459
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

O‘zbekiston bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi.

Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabariga ko‘ra, Alijon Abdullayev Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

A. Abdullayev 1953 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 1977 yilda sobiq ittifoq Davlat xavfsizligi qo‘mitasi oliy kurslarini tamomlagan. 

A. Abdullayev tayinlovga qadar Davlat xavfsizlik xizmatining mas'ul lavozimlarida ishlagan. 

Mavzuga oid