2024 yilda 900 minga yaqin iş örinlari hisobotlarga qöşib yozilgan, yolğon ma’lumot berilgan. Aslida bunça iş örni yaratilmagan. Bu haqda 5 sentabr kuni ötkazilgan Senat majlisida boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev ma’lumot berdi.

Uning aytişiça, ötgan yili mamlakatda kambağallikni qisqartiriş böyiça bajarilgan işlarda qator kamçiliklar aniqlangan.

«Ayrim mutasaddilar mazkur masalaga jiddiy e’tibor qaratmayapti. Nazorat tadbirlarimizda haqiqatda yaratilmagan 900 minga yaqin iş örni hisobotlarga qöşib yozilgani, 78 ta holatda 12 milliard sömlik iş haqi talon-toroj qilingani aniqlanib, qonuniy çoralar körildi. Fuqarolarga tölanmay qolgan 11 milliard sömlik iş haqi undirib berildi», dedi boş prokuror.

Niğmatilla Yöldoşev kimlar bu işga qöl urgani va ularga qanday çora körilganiga aniqlik kiritmadi.

Şuningdek, ötgan yili prokurorlar 29 mingdan ziyod tadbirkor va investorlarga turli muammolarini hal qilişda yordam bergani, 7 mingdan ortiq yangi korxona taşkil etilgani, 8 mingtasining faoliyati tiklangani ma’lum qilindi.

«Tadbirkorlar faoliyatiga tösqinlik qiliş bilan boğliq 22 mingta holat aniqlanib, keskin çoralar körildi», dedi Boş prokuratura rahbari.