Adliya vazirligiga tegişli Davlat xizmatlari markazining (DXM) boş mutaxassisi jinoiy şeriklari bilan 2025 yil davomida muqaddam haydovçilik guvohnomasi olmagan 72 nafar fuqarodan 616 mln söm pora olib, ularga soxta haydovçilik guvohnomalarini rasmiylaştirib bergani aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura xabar berdi. Xabarda gap qaysi hududdagi DXM haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmagan va gumondorlarning ismi-şarifi keltirilmagan.

Qayd qilinişiça, uşbu holat böyiça DXM boş mutaxassisi va uning şeriklariga pora oliş, pora beriş, rasmiy hujjatlarni qalbakilaştiriş böyiça ayblov e’lon qilinib, ularning barçasi qamoqqa olingan hamda ularning jinoiy javobgarlik masalasi hal etilgan.

Vazirlar Mahkamasi ma’muriy reglamentiga köra, nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topşirgan şaxslar DXM orqali haydovçilik guvohnomasini olişi mumkin. Biroq, yuqoridagi holatda nazariy va amaliy imtihonlardan öta olmagan fuqarolarga avtomaktablar yaqinida «faoliyat yurituvçi» turli şaxslar haydovçilik guvohnomasini imtihon topşirmasdan, soxta hujjatlari asosida «xaq evaziga» olib bergan.

Ta’kidlanişiça, jinoiy guruh soxta haydovçilik guvohnomalarini ikki xil usulda rasmiylaştirgan.

Birinçi usul: Jinoiy guruhning mijoz topiş bilan şuğullanuvçi vakillari fuqarolardan 500-1000 AQŞ dollari olib, eski turdagi haydovçilik guvohnomasini qölbola usulda tayyorlagan. Söngra DXM xodimiga pora beriş yöli bilan uşbu fuqarolarning eski turdagi haydovçilik guvohnomalari yangi turdagisiga almaştirilgan.

Ikkinçi usul: Jinoiy guruhning mijoz topiş bilan şuğullanuvçi vakillari fuqarolardan qalbaki haydovçilik guvohnomasi uçun olingan 10 ming AQŞ dollariga qadar bölgan mablağ evaziga fuqarolarning haydovçilik guvohnomasi mavjud ekani haqida hududiy YHHB ma’lumotnomalarini soxtalaştirib, ularga soxta QR kodli imzolarni qöyib, fuqarolarga taqdim etgan. Söngra, jinoiy guruh tuman DXM xodimiga pora beriş yöli bilan uşbu fuqarolar tomonidan unga soxta QR kodli ma’lumotnomalarni taqdim etib, yangi turdagi haydovçilik guvohnomasi rasmiylaştirilişiga erişgan.

Ikkala holatda ham fuqarolar jinoiy guruh vakillaridan sotib olgan soxta hujjatlar bilan DXMga göyoki haydovçilik guvohnomalarini yöqotib qöygani töğrisida murojaat qilgan. Boş prokuraturaning ta’kidlaşiça, oqibatda 72 nafar fuqaro hujjatlarni qalbakilaştiriş hamda davlat taşkiloti xodimiga pora beriş jinoyatlariga şerik bölan.