«Pepsi» Chempionlar Ligasi finali oldidan yana bir finalni sovg‘a qiladi

Foto: Kun.uz
Joriy yilning 21-22 may sanalarida «Pepsi» va «Magic City» tomonidan aholi salomatligini oshirish, yoshlarni sportga jalb qilish maqsadida «Pepsi» blogerlar ligasi futbol musobaqasi o‘tkazildi.
«Magic City» bog‘ida joylashgan «Registon» majmuasida kichik futbol maydoni tashkil etilib, unda yoshlar orasida mashhur bo‘lgan ko‘plab blogerlar o‘rtasida musobaqa tashkil etildi. Unda 8ta jamoa ishtirok etdi, har bir jamoa tarkibida 4tadan ishtirokchi (3ta asosiy, bitta zaxira) bo‘lishi belgilandi. Jamoalar har biri 15 daqiqadan iborat 2ta taym mobaynida g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.
21 may sanasida «Pepsi» blogerlar ligasining chorakfinal bellashuvlari o‘tkazildi. Dastlabki o‘yin «Bek Vines» va «Java Rasulov» jamoalari o‘rtasida kechib, unda nominal mehmonlar 6:3 hisobida g‘alabaga erishdi. Ikkinchi o‘yin «Donik Show» va «Jigarlar» o‘rtasida kechib, asosiy vaqtda 7:7 hisobidagi durang qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa «Jigarlar»ning qo‘li baland keldi. Uchinchi chorakfinal «Rebarsakor» va «Mufid» jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi va unda ham asosiy vaqtda g‘olib nomin aniqlanmadi. O‘ziga xos «lotereya»da «Mufid» jamoasi 1:0 hisobida yutib, yarimfinalga yo‘llanma oldi. So‘nggi yarimfinalchini «Uch mushketyor» — «Adrenalin» uchrashuvi aniqlab berdi — 8:3.
Qayd etish joizki, bloger-futbolchilar «Magic City»ga jam bo‘lgan muxlislariga haqiqiy futbol shousini ko‘rsatib bera olishdi.
22 mayda musobaqaning yarimfinal bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. «Java Rasulov» jamoasi ushbu bosqichda ham katta qiyinchilikka uchramay, «Jigarlar»ni 7:1 hisobida taslim etdi va finalga yo‘l oldi. Ikkinchi yarimfinalda esa «Rebarsakor» «Uch mushketyor»ga 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ma’lumot uchun, final bellashuvi 28 may oqshomida o‘tkaziladi. Shu kuni «Magic City»ga jam bo‘ladigan futbol ishqibozlari nafaqat «Pepsi» blogerlar ligasi finalini, balki katta monitorda UYeFA Chempionlar Ligasi hal qiluvchi o‘yini — «Liverpul» — «Real» bahsini tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya va Ukraina bir-biriga dronlar bilan hujum qildi
Jahon | 12:26
-
Toshkentning ayrim hududlarida 4 kun davomida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi
Jamiyat | 11:56
-
Moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma talab qilish muddati 1 oktyabrgacha uzaytirildi
O‘zbekiston | 11:41
-
Xitoy Buxoroda "aqlli" shahar infratuzilmasini yaratishda qatnashadi
O‘zbekiston | 11:40
Mavzuga oid

17:00 / 14.09.2024
Pepsi Music Fest 2024: Toshkent faxriga aylangan jahon miqyosidagi festival!

17:00 / 04.09.2024
Pepsi Music Fest'ga juda oz qoldi!

17:00 / 20.08.2024
Toshkentda Pepsi Music Fest 2024 festivali o‘tkaziladi

16:59 / 10.07.2024