1 iyun kuni munosabati bilan barcha bolalar uchun 200 ming so‘mdan tarqatilishi to‘g‘risidagi xabarlar rad etildi

Foto: O‘zA
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston prezidenti tomonidan 1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga sovg‘a sifatida barcha bolalarga 200 ming so‘mdan pul berilishi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Telegram’dagi «Antifake.uz» kanalining yozishicha, mazkur xabarlar haqiqatga mos kelmaydi.
«Mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi. Aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud», — deyiladi munosabatda.
Pensiya jamg‘armasi direktori Abdulaziz Haydarov ham OAV vakillari bilan uchrashuvda ijtimoiy tarmoqlarda barcha fuqarolarga 200 ming so‘mdan pul tarqatilayotgani haqida tarqalgan yolg‘on xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi.
Uning ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kungacha respublika bo‘yicha ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga mansub kishilarning 65 foiziga Xalq bankining tegishli sayyor kassalari orqali mablag‘lar (300 va 400 ming so‘mdan) tarqatilgan. Ikki hafta ichida pensiya va nafaqa oluvchi 4,2 milliondan ortiq kishiga (100 foiz) yuqoridagi mablag‘lar yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, kam ta’minlangan oilalarning 18 yoshga to‘lmagan farzandlari uchun (4,7 million) 200 ming so‘mdan tarqatilmoqda. Bunday yordam oluvchilarning jami soni 9 millionga yaqinni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, 25 may kuni «Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori imzolangandi. Unga ko‘ra, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining bir qator qatlamlariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi.
Jumladan, yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila a’zosiga hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchilarga:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda – 300 ming so‘mdan;
- Toshkent shahrida – 400 ming so‘mdan.
«Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali kam ta’minlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam ta’minlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga to‘lmagan bolasiga – 200 ming so‘mdan beriladi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh bazalariga zarba bergan Eron, urush tugashini e’lon qilgan Tramp va Putinga topshirilgan maktub – kun dayjesti
Jahon | 13:33
-
Milliy malaka tizimini tartibga solish bo‘yicha ayrim hujjatlar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 13:14
-
Kiyev va London harbiy ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik haqida e’lon qildi
Jahon | 13:09
-
Rossiya tunda 97 ta dron bilan Ukrainaga hujum qildi
Jahon | 13:06
Mavzuga oid

16:58 / 19.02.2025
Pensiyani avtomatik tayinlashga o‘tilmoqda. Asosiy savollarga javoblar

00:23 / 17.02.2025
Mart va avgustdan oyliklar va pensiyalar oshishi haqidagi mish-mish rad etildi

23:17 / 13.02.2025
O‘zbekistonda pensiyani arizasiz - avtomatik tarzda tayinlash tizimiga o‘tiladi

21:19 / 29.12.2024