Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lash tartibi yangilandi
Prezident farmoniga ko‘ra, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lashda yangi tartib joriy etildi. To‘lovlar oilaning toifasiga qarab avtomatik davom ettirilishi, belgilangan muddatlarda qayta baholanishi yoki mehnatga layoqatli a’zolarning rasmiy bandligi shartiga bog‘lanishi nazarda tutilmoqda.
Foto: Kun.uz
Farmonga muvofiq, Ijtimoiy reyestrdagi oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam quyidagi tartibda to‘lanadi:
1) “Davlat ta’minotidagi oila”
Ijtimoiy xizmat va yordamlar (shu jumladan, bolalar nafaqasi va moddiy yordam) oila ushbu toifada bo‘lgan davrda oilaning bandlik holatidan qat’i nazar va qo‘shimcha murojaat talab etmasdan ko‘rsatib boriladi.
Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati Ijtimoiy reyestrga kiritilganidan 12 oy o‘tgach qayta baholanadi (ayrim hollarda vazirlik va idoralar axborot tizimlari orqali o‘rganilishi mumkin).
2) “Kambag‘al oila”
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlangan vaqtdan e’tiboran 6 oy davomida mehnatga layoqatli a’zolarning rasmiy bandligi ta’minlanishi sharti bilan tayinlanadi.
Agar mehnatga layoqatli a’zolarning rasmiy bandligi ta’minlansa, nafaqa/yordam qo‘shimcha murojaatsiz uzluksiz to‘lab boriladi.
Agar rasmiy bandlik sharti bajarilmasa, bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lash to‘xtatiladi.
Oila qayta murojaat qilganda, “kambag‘al oila” toifasida bo‘lgani uchun mehnatga layoqatli a’zolar bandligiga oid istisno qoida 6 oy davomida qo‘llanmaydi.
3) “Kambag‘allik chegarasidagi oila”
Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oila ushbu toifaga kiritilgan vaqtdan e’tiboran 6 oy davomida to‘lanadi.
Agar har bir a’zoga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromad minimal iste’mol xarajatlarining 1 baravaridan 1,25 baravarigacha bo‘lsa — to‘lov 75 foiz qilib belgilanadi.
Agar daromad 1,25 baravaridan 1,5 baravarigacha bo‘lsa — to‘lov 50 foizni tashkil etadi.
Mavzuga oid
23:20 / 18.03.2026
Dunyo bo‘ylab bolalar semirishi epidemiyasi kuzatilmoqda
21:30 / 18.03.2026
“Jazoni og‘irlashtirishga ehtiyoj va talabni sezdik” – administratsiya rahbari o‘rinbosari
12:41 / 16.03.2026
O‘zbekistonda 12 mingdan ortiq ayol 40 yoshdan keyin ona bo‘lgan
13:16 / 11.03.2026