Davlat ijtimoiy suğurtasi doirasida homiladorlik va tuğiş nafaqasini tayinlaş hamda tölaş tartibiga doir ayrim savollar böyiça rasmiy munosabat e’lon qilindi.

Ma’lum qilinişiça, Mehnat kodeksining 404-moddasi uçinçi qismiga köra, homiladorlik va tuğiş nafaqasini tayinlaş hamda tölaş tartibini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Şuningdek, 2025 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Davlat ijtimoiy suğurtasi töğrisida”gi qonunga muvofiq ham davlat ijtimoiy suğurtasi böyiça tölovlarni tayinlaş va amalga oşiriş tartibi, eng kam suğurta staji hamda tölov muddatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanişi közda tutilgan.

Rasmiy izohda ta’kidlanişiça, Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 17 dekabrdagi 796-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga köra, homiladorlik va tuğiş nafaqasi miqdorini hisoblaşda suğurta stajiga mutanosib staj koeffitsiyentlari qöllaniladi. Jumladan:

  • 10 oydan 24 oygaça suğurta staji bölsa — 75 foiz;
  • 25 oydan 60 oygaça bölsa — 85 foiz;
  • 61 oy va undan ortiq bölsa — 100 foiz.

Şu asosda, yangi tartib Mehnat kodeksiga zid emasligi bildirildi. Çunki kodeksda homiladorlik va tuğiş ta’tili davri uçun örtaça oylik iş haqining kamida 75 foiz miqdorida nafaqa tölanişi saqlanib qolgan, tartib-taomillarni belgilaş esa Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kirişi ta’kidlangan.

Bundan taşqari, davlat ijtimoiy suğurtasi tizimi orqali tayinlanadigan nafaqalar ijtimoiy yordam emas, balki suğurta mexanizmiga asoslangani, nafaqa oliş huquqi mehnat munosabatlarida iştirok etiş va suğurta badallarini tölaş bilan boğliq ekani qayd etildi.

Rasmiy munosabatda 2026 yil 1 yanvarga qadar amalda bölgan tartibda nafaqalar ayrim toifalarda iş beruvçining töğridan töğri majburiyati sifatida tölangani, bu esa badallar va nafaqa huquqi örtasidagi mutanosiblikni ta’minlamagani aytildi. Şu sabab ba’zi holatlarda nafaqa oliş maqsadida mehnat munosabatlarini qisqa muddatga sun’iy rasmiylaştiriş holatlari kuzatilgani, yangi tizimda bunday suiiste’mollarning oldini oliş va moliyaviy barqarorlikni ta’minlaş uçun minimal suğurta staji talabi joriy etilgani bildirildi.

Ma’lumot uçun, avvalgi tartibga köra xususiy sektorda işlovçi ayollar nafaqa olişi uçun kamida oxirgi 6 oy davomida uzluksiz iş staji talab etilgani ham eslatib ötildi. Şuningdek, qator davlatlarda homiladorlik va tuğiş nafaqasini oliş uçun 10–12 oylik minimal iş/suğurta staji amaliyoti borligi keltirildi.