Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Moliya instituti o‘qituvchisi nima uchun auditoriyadagi kuzatuv kamerasini yopib qo‘ygandi?
Yanvar oyi oxirida internetda Toshkent Moliya instituti o‘qituvchisi auditoriyadagi kuzatuv kamerasini berkitishga urinayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Bu video internet foydalanuvchilari orasida muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Xo‘sh, nima sababdan ushbu o‘qituvchi kamerani yopishga harakat qilgandi?
Kun.uz muxbiri holat yuzasidan izoh olish maqsadida oliygoh ma'muriyati bilan bog‘landi. Ma'lum bo‘lishicha, videodagi o‘qituvchi «Buxgalteriya iqtisodiyoti» kafedrasi o‘qituvchisi Jumayev P. bo‘lgan.
«Bu voqea aslida 2018 yilning dekabr oyida sodir bo‘lgan edi. Biroq video internetda ayni sessiya vaqti tarqalgani uchun turli taxminlar va salbiy fikrlar uyg‘ondi. Biz ushbu masalaning sababini bilish maqsadida domlaning o‘zi bilan gaplashdik. Ma'lum bo‘lishicha, bu domla avvalgi ma'ruzalari kuzatuv kamerasi orqali yozib olinib, yig‘ilishlarda muhokama va tahlil qilinganligi sababli u navbatdagi darsi yozilishini istamagan va kamerani yopib qo‘ygan. U hech kimdan pora olish yoki qandaydir nomaqbul ishlarni amalga oshirish niyatida bo‘lmagan. Shuningdek, bu video tarmoqlardagi foydalanuvchilar izohlaridagi kabi imtihon vaqtida suratga olinmagan. Buni auditoriyada o‘tirgan talabalarning soni ko‘pligidan ham bilish qiyin emas. Hech kim bunday holatda talabadan pora talab qilmaydi», deya qayd etdi institut prorektori Shuhrat Muhammedov.
Ma'lum qilinishicha, kuzatuv kameralari institutda rahbariyat tomonidan o‘quv jarayonlarini kuzatib borish va bevosita tahlil qilish uchun barcha auditoriyalarga o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
08:30 / 02.04.2026
Dunyoda eng ko‘p kamera o‘rnatilgan shaharlar reytingi
09:05 / 27.03.2026
1 apreldan haydovchilarga jarima ballari kamera orqali ham hisoblanadi
08:45 / 26.02.2026
Mirobodda maktablar oldi va mahalla kirish-chiqishlariga kameralar o‘rnatilmoqda
12:43 / 10.09.2025