Davlat grantida öqigan talabalar 3 yil işlab berişga majburmi? Eng köp beriladigan 10 ta savolga javob
|03:27 / 04.07.2018112 39211 min
Foto: ÖzAFoto: ÖzA
Oliy ta'lim muassasalarida davlat granti asosida tahsil olgan talabalarni doim qiziqtirib kelgan bir savol mavjud. Bu ta'limdan keyin 3 yil davomida majburiy işlab beriş haqidagi savoldir. Uşbu qoida qayerda belgilab berilgan va 3 yil davomida majburiy işlab beriş qanday amalga oşiriladi va şu kabilar haqida ayrim ma'lumotlar bilan örtoqlaşmoqçiman.
Davlat granti asosida tahsil olgan bakalavr va magistratura talabalarining 3 yil davomida işlab beriş majburiyati 2005/2006 öquv yilidan boşlab amaliyotga tatbiq etilgan. Mazkur amaliyot Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ-92-son «2005/2006 öquv yilida Özbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga qabul töğrisida»gi qarorining 6-bandiga asosan joriy etilgan.
Prezident qaroriga asosan Iqtisodiyot, Oliy va örta maxsus ta'lim, Xalq ta'limi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vazirliklarining 2005 yil 7 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlaş tartibi töğrisida” nizom işlab çiqilgan.
Mazkur Nizom oliy ta'lim muassasalarida davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlangan kadrlarni kamida uç yil işlab beriş şarti bilan, ta'lim muassasalari, korxona va taşkilotlarga işga taqsimlaş qoidalari va tartibini belgilaydi.
Savol-javoblarga ötişdan oldin, dastlab uşbu tizim haqida ikki oğiz öz fikrimni bildirib ötsam degandim. Gapning indallosini aytganda, mazkur Nizom bilan tartibga solingan tizim bugungi kun talablariga mutlaqo javob bermaydi. 13 yil oldingi qoidalar zamonaviy mehnat bozori uçun mos emas. Işga joylaş böyiça taqsimot komissiyasi faoliyati şu darajada tuşunarsizki, ayrim sohalarni hisobga olmaganda kamdan-kam OTMlarda bu tartibga töliq amal qilinadi. Davlat grantida öqib, köçada işsiz yurgan yoşlarning köpçiligidan ham biliş mumkinki, qoğozdagi qoidalar amaliyotga töğri kelmaydi. Bu tizimni zamonaviy talablarga mos ravişda qayta işlab çiqişni köp ham keçiktirmasdan kun tartibiga qöyiş lozim. Axir yoşlarning bandligi bugungi kunning eng dolzarb mavzularidan biri bölib turgani hammaga ma'lumku.
Endi navbat savollarga. Nizom böyiça quyidagi savollar juda köp beriladi:
1. Talaba bakalavr bosqiçini davlat granti asosida tamomlab, magistraturani çet elda öqimoqçi bulsa, unga diplomning asl nusxasi beriladimi? Yoki 3 yil işlab bermagunça diplomni ololmaydimi?
Mavzuga oid
Menimça, uşbu savol davlat granti asosida öqigan talabalar tomonidan beriladigan savollar xit-paradining eng yuqori örnida turuvçi savol bölsa kerak.
Qançadan-qança talabalar xorijda tahsil oliş haqidagi orzularidan mana şu tartib tufayli voz keçganligi ham sir emas.
Gap şundaki, Nizom böyiça xorijda öqiş uçun diplomning asl nusxasini beriş nazarda tutilmagan. Ayrim talabalar diplomni butunlayga emas, faqat hujjat topşiriş maqsadida nusxasini notariusdan tasdiqlaş va apostil oliş uçun vaqtinçalikka olmoqçi bölişadi. Ammo Nizomda bu masala tartibga solinmaganligi uçun OTM ma'muriyati bilan muammolarga duç keladi. Mening bilişimça, amaliyotda ba'zi rektorlar talabani töğri tuşungan holda va uning intilişini söndirmaslik maqsadida, albatta, qaytariş şarti bilan diplomning asl nusxasini qisqa muddatga berib turişadi. Lekin aksariyat vaziyatlarda diplomlarning asl nusxalari berilmaydi.
Bunda davlat manfaati yotibdi, deya izohlaşadi öz xatti-harakatlarini. Çunki talabani davlat xalq budjetidan 4 yil öqitdi, endi öşa talaba davlatga, öz navbatida xalqqa kamida 3 yil xizmat qilsin, deyişadi. Agar diplomni olib, xorijga öqişga ketib qolsa va keyinçalik Özbekistonga umuman qaytib kelmasaçi, davlat 4 yil sarflagan puliga kuyib qolaveradimi, deya savol berişadi. Umuman olganda ularning ham gaplarida jon bor, qisman haq.
Lekin iqtidorli talabalarimizning hammasi xorijda qolib ketmaydi-ku. Ular xorijning eng oldi OTMlarida öz bilim va tajribasini oşirib qaytişsa, buning nimasi yomon? Ularning iqtidorini böğib, yöliga sun'iy, byurokratik tösiq qöygandan köra, davlat grantida öqigan talabalar bilan 3 yil işlab berişning yangiça tartibini işlab çiqiş, bunda xorijda öqiş imkoniyatini ham yaratişni közda tutiş maqsadga muvofiq emasmikin? Yoşlarni majburlab davlatda uşlab turgan bilan, biror natijaga erişa olarmikanmiz?
Ha, aytgança, Nizomda qaysi hollarda diplomning asl nusxasi öşa zahoti talabaga qaytarilişi ham qayd etilgan. Xususan, agar taqsimot komissiyasi bitiruvçini iş bilan ta'minlay olmasa, unga öqişni tugatgan kundan söng uç kundan keçiktirmay mustaqil işga joylaşiş imkoniyati berilganligi töğrisida ma'lumotnoma va oliy ma'lumot töğrisidagi diplomning asl nusxasi beriladi.
Lekin men şu paytgaça bunaqa usul bilan diplomning asl nusxasini olgan talaba haqida eşitmaganman, balki bölgandir, kim bilsin...
2. Agar davlat granti asosida öqigan talaba bakalavr bosqiçini yakunlagaç magistraturaga öqişga qabul qilinsa, unda qaçondan majburiy işlab beriş boşlanadi? Magistraturada öqiş davomida işlagan bölsa, hisobga ötadimi?
Nizomning 2-bandiga köra, oliy ta'lim muassasalarini davlat grantlari asosida bakalavrni tamomlagan bitiruvçilar magistraturaga tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilingan taqdirda, kamida uç yil işlab beriş majburiyati magistraturani yakunlagandan söng amalga oşiriladi.
Şu örinda bir savol tuğiladi, talaba magistratura davrida işlagan bölsa, nima uçun majburiy işlab beriş muddatiga qöşilmaydi? Bu masalani bugun kun tartibiga qöygan holda, qayta körib çiqiş maqsadga muvofiq bölar edi. Çunki oliy ta'limdagi sönggi islohotlarga qaraydigan bölsak, magistratura bosqiçi köproq amaliyotga yöğrilgan bölişi kerakligi ta'kidlanmoqda. Demak magistratura paytida işlagan bölsa, u ham 3 yillik majburiy davrga kiritilişi kerak.
3. Agar davlat granti asosida öqigan talaba bakalavr bosqiçini yakunlagaç magistraturaga ham davlat granti asosida öqişga qabul qilinsa, unda majburiy işlab beriş muddati 6 yil böladimi?
Yöq, agar bitiruvçi oliy ta'lim muassasalarining bakalavriati va magistraturasida davlat grantlari asosida öqigan taqdirda, uning işlab beriş majburiyati kamida uç yil deb hisoblanadi.
4. Agar tölov-kontrakt asosida bakalavriatni tamomlagan talaba magistraturaga davlat granti asosida qabul qilinsa, unda qaçondan majburiy işlab beriş boşlanadi?
Oliy ta'lim muassasalarini tölov-kontrakt asosida bakalavrni tamomlagan bitiruvçilar magistraturaga davlat grantlari asosida öqişga qabul qilingan taqdirda kamida uç yil işlab beriş majburiyati magistraturani yakunlagandan söng amalga oşiriladi.
5. Agar bitiruvçi talaba öqişdan söng majburiy işlab beriş vaqtida harbiy xizmatga ketgan bölsa, unda harbiy xizmat vaqti majburiy işlab beriş vaqtiga kiradimi?
Ha, muddatli harbiy xizmat yoki safarbarlik çaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat ötalgan muddat bitiruvçi tomonidan majburiy işlab berilişi lozim bölgan uç yillik muddatga ham kiradi.
6. Agar bitiruvçi talaba 3 yil davomida boşqa lavozimga ötsa, unda muddat yangidan boşlanadimi?
Yöq, yangidan boşlanmaydi. Ta'lim muassasasi, korxona yoki taşkilotda turli lavozimlarda işlagan muddat bitiruvçi tomonidan majburiy işlab berilişi lozim bölgan uç yillik muddatga ham kiradi.
7. Agar bitiruvçi talaba 3 yil davomida boşqa taşkilotga işga ötsa-çi, unda bu muddat ham majburiy işlab beriş muddatiga kiradimi?
Uşbu holat köp bahslarga sabab böladi, çunki Nizomda aniq bayon etilmagan. Faqat Nizomning 22-bandida şunday qoida kiritilganki, ta'lim muassasasi, korxonasi yoki taşkilot mansub bölgan tizimdagi (vazirlik, idora yoki boşqa xöjalik boşqaruvi organi) boşqa ta'lim muassasalarida, korxona va taşkilotlarda iş beruvçining roziligiga köra işlagan muddat bitiruvçi tomonidan majburiy işlab berilişi lozim bölgan uç yillik muddatga ham kiradi, deya belgilangan. Bundan xulosa qiliş mumkinki, demak taşkilot mansub bölgan tizimdan boşqa joyga işga ötilsa, unda muddat yangidan boşlanadi. Lekin bu xulosa ham mutlaq emas, sababi Nizomda 3 yil faqat bitta joyda işlaş lozimligi haqidagi qoidalar aniq va batafsil yoritilmagan. Bu ham Nizomning kamçiliklaridan biri.
8. Bakalavr yoki magistratura bosqiçida davlat granti asosida ta'lim olgan qizlar turmuş qurib, farzandli bölgandan keyingi bola parvarişlaş davridagi muddat majburiy işlab beriş davriga qöşiladimi?
Nizomning 22-bandiga köra, mehnat ta'tilida, şu jumladan, ijtimoiy ta'tillarda bölgan muddatlar ham bitiruvçi tomonidan majburiy işlab berilişi lozim bölgan uç yillik muddatga kiradi. Mehnat kodeksining 149-moddasida esa homiladorlik va tuğiş ta'tillari hamda bolalarni parvarişlaş ta'tillari ijtimoiy ta'tillar sifatida belgilangan. Demak, bola parvarişlaş ta'tilida bölgan muddat majburiy işlab beriş muddatiga kiradi.
9. Albatta, davlat taşkilotida majburiy işlab berişi şartmi?
Nizomning birorta bandida majburiy işlab beriş aynan davlat taşkilotida amalga oşirilişi kerak, degan qoida mavjud emas. Masalan, Nizomning kiriş qismida quyidagiça qoida belgilangan:
“Mazkur Nizom oliy ta'lim muassasalarida davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlangan kadrlarni kamida uç yil işlab beriş şarti bilan,ta'lim muassasalari, korxona va taşkilotlargaişga taqsimlaş qoidalari va tartibini belgilaydi”.
Nizomning 1-bandida esa quyidagiça qoida belgilangan:
“Barça ta'lim yönalişlari böyiça davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy ta'lim muassasalari bakalavr va magistrlari 2005/2006 öquv yilidan boşlab majburiy tartibda kamida uç yil işlab beriş şarti bilanta'lim muassasalariga, korxona va taşkilotlarga(keyingi örinlarda matnda iş beruvçi deb yuritiladi) işga taqsimlanadi”.
Körib turganingizdek, ikkala bandda ham “ta'lim muassasalari, korxona va taşkilotlarga işga taqsimlaş” jumlasi işlatilgan. “Davlat” sözi mavjud emas. Korxonalar xususiy ham bölişi mumkin. Taşkilotlar nodavlat va notijorat ham bölişi mumkin. Bundan kelib çiqadiki, 3 yil majburiy işlab beriş davlat taşkilotlarida bölişi şart emas.
10. Davlat granti asosida OTMni bitirgan talaba ikkinçi mutaxassislik böyiça öqişga hujjat topşira oladimi?
Yöq, topşira olmaydi. “Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarida ikkinçi va undan keyingi ta'limni oliş tartibi töğrisida”gi nizomning (13.08.2008) 4-bandida ikkinçi va undan keyingi oliy (örta maxsus, kasb-hunar) ma'lumot olmoqçi bölgan şaxslar ta'lim muassasasining qabul komissiyasiga oliy (örta maxsus, kasb-hunar) ma'lumot töğrisida davlat namunasidagi diplomning asl nusxasini ilovasi bilan topşirişi belgilangan. Demak, 3 yil majburiy işlab bermagan va hali diplomining asl nusxasini olmagan talabalar ikkinçi mutaxassislikka hujjat topşira olmaydi.