Tavsiyanoma olişga talabgorlar quyidagi toifalardan biriga mos bölişi kerak:

  • Kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar (oilaning har bir a’zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 0,527 baravaridan köp bölmagan miqdorda töğri keladigan bir oylik örtaça jami daromadga ega bölgan oila);
  • Töliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
  • Turmuş örtoği vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolğiz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
  • Nogiron farzandi bölgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
  • 14 yoşgaça bölgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boşqa qarindoşlardan alohida (ijarada) yaşayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yolğiz ayollarning qiz farzandlari;
  • Ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinçi yoki ikkinçi guruh nogironi bölgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Tavsiyanoma uçun talabgorlar hujjatlari xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron şaklda yuborilişi kerak.

Eslatib ötamiz, tavsiyanoma olişning özi talaba bölişni anglatmaydi. Biroq tavsiyanoma bilan tanlovda iştirok etgan xotin-qizlar orasidan eng yuqori natija körsatganlar töplagan ballari ketma-ketligiga köra davlat granti asosida öqişga qabul qilinadi.