O‘zbekiston | 09:38 / 31.05.2019
6005
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan shahrida IT park tashkil etiladi 

Foto: O‘zA

Namangan viloyatining Namangan shahrida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qaror bilan Namangan shahar A. Xo‘jayev ko‘chasi, 38-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar Namangan viloyati hokimligiga bepul berildi.

Mazkur bino va inshootlar negizida IT park majmuasi tashkil etiladi hamda unda IT school markazi joylashtiriladi.

Markazning asosiy faoliyat yo‘nalishi axborot texnologiyalari sohasida raqobatdosh mahsulot va xizmatlarni, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga sharoit yaratishdir.

Mavzuga oid