Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi
Zavod 2027 yilda ishga tushiriladi. Bu yerda kuniga yiliga 547 ming tonnagacha chiqindi qayta ishlanib, 227,5 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Namangan viloyati Chust tumanida chiqindi yoqish zavodiga tamal toshi qo‘yilib, qurilish jarayonlari boshlandi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, mazkur loyiha “China Everbright International” kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

“Kuniga 1,5 ming tonna yoki yiliga 547 ming tonnagacha chiqindi qayta ishlanib, yiliga jami 227,5 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Loyiha 150–200 ta yangi ish o‘rni yaratilishi bilan ham ahamiyatlidir. Investor tomonidan 2027 yilda loyihaning ishga tushirilishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, kompaniya ishlab chiqargan elektr energiyasini 30 yil davomida «O‘zenergosotish» AJga kafolatlangan tarzda sotadi.

Hozirda Andijon, Samarqand va Farg‘onada ana shunday zavodlar qurilmoqda.
Mavzuga oid
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
14:38 / 23.06.2026
Namanganda sun’iy intellekt sohasidagi loyihalar taqdim etildi
13:53 / 23.06.2026