Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«7 KUN»: Prezidentning Turkiyaga tashrifi, qurilishi boshlangan Tashkent City, paxtada piknik uyushtirgan san'atkorlar
KUN.UZ sayti jurnalistlari tomonidan mamlakatimiz va jahonda ro‘y bergan eng muhim va ahamiyatga molik voqea-hodisalarning tahliliga bag‘ishlangan ko‘rsatuv e'tiboringizga havola etib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasiga rasmiy tashrifi bo‘ldi. Tashrif mobaynida ikki davlat o‘rtasida turli sohalarga oid 20 dan ortiq hujjat imzolandi.
- Turkiya iste'molchilar tashkiloti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
- Mirziyoyev: Istanbulda 3,5 mlrd. dollarlik 35 ta loyiha imzolanadi
- Mirziyoyev Turkiya Bosh vazirini qabul qildi
- Shavkat Mirziyoyev Istanbulga bordi va shahardagi To‘pqopi saroyini aylandi
- O‘zbekiston va Turkiya birinchi xonimlari uchrashdi
Islom Karimov fondi yangi tanlovni e'lon qildi.
- Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi Rossiya, Yevropa va AQSh oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olish uchun Fond grantlarini taqdim etish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi. Tanlovda O‘zbekistonda hamda chet el oliy o‘quv yurtining oxirgi bosqichida o‘qiyotgan yoki muvaffaqiyatli bitirgan, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirgan iqtidorli va iste'dodli yigit-qizlar ishtirok etishi mumkin.
Poytaxtimizda Tashkent City ishbilarmonlik markazi qurilishi boshlandi.
- Toshkentda «Tashkent City» xalqaro biznes markazining qurilishi va uning loyihasi ustida turk me'morlari ish boshlagan. Ayni paytda Alisher Navoiy va Islom Karimov shohko‘chalari, Olmazor va Furqat ko‘chalari orasida joylashgan 80 gektarga yaqin maydonda qurilish ishlari boshlangan.
Shuningdek, ko‘rsatuvda quyidagi mavzular muhokama qilingan:
- Qish va bahor oylarida ichki bozorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarida uzilish bo‘lmaydi
- Hafta ichida bir guruh san'atkorlarimizning paxta yig‘im-termiga hasharga chiqishgani ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonans keltirib chiqardi. Toshkent viloyati dalalaridan biriga chiqqan san'atkorlarimizning paxtani nomiga terib, tushlikda to‘kin-sochin dasturxon atrofida yig‘ilishgani aksariyat muxlislarning jahlini chiqargan.
- Xitoy Xalq Respublikasi Si Jinping Xitoy kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasining 19-s'yezdida o‘z lavozimiga qayta saylandi.
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki joriy yilning 9 oy yakunlariga ko‘ra hisobot berdi
- 10-11-sinf o‘quvchilariga kasbiy ta'lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etiladi
- «O‘zavtosanoat» va GM yangi alyans tashkil etdi
- Jasurbek Ibrohimov ishi: Prokuror olti yil jazo muddati tayinlashni so‘radi
Dasturda odatdagidek, «Hafta iqtibosi», «Hafta qahramoni», «Hafta antiqahramoni», «Hafta topilmasi», «Hafta tayinlovlari» ruknlari bo‘yicha fikr yuritilgan.
«7 KUN» teleloyihasini Youtube videoportalidagi kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Mavzuga oid
00:23 / 06.11.2017
«7 KUN» muhokamasida: Nyu-Yorkdagi terakt, MDH bosh vazirlarining yig‘ilishi, paxta tayyorlash rejasi va boshqalar
13:37 / 22.10.2017
«7 KUN»: Ramzan Qodirovning tashrifi, tugatilayotgan propan «zapravka»lar, o‘zgartirilgan to‘lov-kontrakt shartlari - KUN.UZ muhokamasida
09:48 / 02.10.2017
Paxta terimidagi to‘lovlar, Kurdiston referendumi, Romitandagi zaharlanish - Kun.uz muhokamasida
11:13 / 25.09.2017