«7 KUN» muhokamasida: Nyu-Yorkdagi terakt, MDH bosh vazirlarining yig‘ilishi, paxta tayyorlash rejasi va boshqalar
KUN.UZ sayti ijodkorlari tomonidan mamlakatimiz va jahonda ro‘y bergan eng muhim va ahamiyatga molik voqea-hodisalarning tahliliga bag‘ishlangan “7 kun” ko‘rsatuvning navbatdagi soni tayyor. Unda hafta davomida yuz bergan voqea va o‘zgarishlarga sharh va mulohazalar bildirilgan.
Shunday qilib, ko‘rsatuvda boshlovchilar Nyu-Yorkning Quyi Manhetten dahasida O‘zbekiston fuqarosi tomonidan terrorchilik akti sodir etilganiga to‘xtalib o‘tishgan.
Yuk mashinasini boshqargan shaxs odamlarni qasddan urib yuborishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohatlandi. Kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik bo‘lgan Sayfullo Soipov terakt ijrochisi sifatida qo‘lga olindi.
Shuningdek, ko‘rsatuvda boshqa muhim xabarlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Jumladan, 3 noyabr kuni poytaxtimiz Toshkent shahrida MDH hukumat rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Dmitriy Medvedevning O‘zbekistonga tashrifi bo‘ldi. U Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashdi. Medvedev Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni ijobiy baholadi
Qayd etib o‘tish joiz, MDH hukumat rahbarlarigi yig‘ilishiga kelgan bosh vazirlarni Prezident Shavkat Mirziyoyev qabul qildi.
Dushanba kuni paxta tayyorlash rejasidagi qo‘shib yozishlar fosh bo‘ldi. Hali hech qaysi viloyat paxta rejasini bajarmagani ma'lum bo‘ldi! Xorazm va Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi paxta rejasini bajargani yolg‘on bo‘lib chiqdi. Ko‘rsatuvda shu to‘g‘risida so‘z boradi.
Yangi ma'lumotga ko‘ra, paxta tayyorlash bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilikni qo‘lga olgani ma'lum bo‘ldi. Ayni paytda viloyat paxta tayyorlash rejasini uddalagan bo‘lishi kerak. Ushbu viloyatda qo‘shib yozishlar aniqlanmaganini ham alohida ta'kidlab o‘tmoq kerak.
Kaltaklanishi oqibatida vafot etgan Borovskiy nomidagi tibbiyt kolleji talabasi Jasurbek Ibrohimov ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi.
Ko‘rsatuvdan o‘rin olgan barcha mavzu va batafsil ma'lumotlarni quyidagi lavha orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Mavzuga oid
22:15 / 29.10.2017
«7 KUN»: Prezidentning Turkiyaga tashrifi, qurilishi boshlangan Tashkent City, paxtada piknik uyushtirgan san'atkorlar
13:37 / 22.10.2017
«7 KUN»: Ramzan Qodirovning tashrifi, tugatilayotgan propan «zapravka»lar, o‘zgartirilgan to‘lov-kontrakt shartlari - KUN.UZ muhokamasida
09:48 / 02.10.2017
Paxta terimidagi to‘lovlar, Kurdiston referendumi, Romitandagi zaharlanish - Kun.uz muhokamasida
11:13 / 25.09.2017