Saytimiz ijodkorlari tomonidan mamlakatimiz va jahonda röy bergan eng muhim va ahamiyatga molik voqea-hodisalarning tahliliga bağişlangan körsatuv e’tiboringizga havola etib borilmoqda. «7 KUN» loyihasining oltinçi soni tayyor böldi va u an’anaviy tarzda KUN.UZ jurnalistlari Xurşid Daliyev va Alişer Rözioxunov tomonidan olib borilgan.

Haftaning eng muhim yangiliklaridan biri — Markaziy Bank raisi örinbosari tomonidan barça tijorat banklari xodimlari paxta terimiga 5 nafardan terimçi yollaşi haqida yöllangan xati böldi.

Şuningdek, körsatuv mobaynida quyidagi voqea-hodisa hamda yangiliklar tahlil etilgan:

  • Mamlakatimiz Prezidenti Şavkat Mirziyoyev öqituvçi hamda murabbiylarga tabrik yölladi, sohada mehnat qilayotgan ustozlardan bir guruhi mukofotlandi;
  • Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2017 yil hosili paxta xomaşyosining xarid narxlari töğrisida»gi qarori e’lon qilindi;
  • «LUKOYL» Özbekistonda 2022 yilga qadar loyihalarga 3 milliard dollarlik investitsiya kiritadi;
  • LexUz’ga respublika normativ-huquqiy hujjatlarini rasmiy e’lon qiliş manbasi maqomi berildi;
  • Tibbiyot sohasidagi yangiliklar: Ijtimoiy dorilar oliş uçun budjetdan 240 mlrd. söm ajratiladi va Vraçlar va örta tibbiyot xodimlarini 100 ballik tizim böyiça baholaşadi;
  • Borovskiy nomidagi kollej talabasi Jasurbek Ibrohimov jinoiy işi böyiça sud eşituvlari bölib ötmoqda;
  • 2019 yil 1 sentyabrdan boşlab ayrim akademik litseylar yopiladi va 2017/18 öquv yilidan boşlab esa barça akademik litseylarda öqiş 2 yillik böladi;
  • Törtta viloyatda mikrogidro elektr stansiyalari quriladi;
  • Nurullo Otaxonov qölga olinişiga Içki işlar organi vakili tomonidan rasman izoh berildi;
  • Toşkent şahrida Farğona yöli köçasiga eltuvçi Kiçik halqa yöli ustidan ötgan yöl ötkazgiç oçildi.

Odatdagidek, «Hafta yangiligi», «Hafta tayinlovi», «Hafta iqtibosi», «Hafta qahramoni» va «Hafta antiqahramoni» nominatsiyalari böyiça fikr yuritilgan.

Körsatuv söngida har doimgidek, qisqaça futbol xabarlariga örin ajratilgan

«7 KUN» teleloyihasini Youtube videoportalidagi kanalimiz orqali tomoşa qilişingiz mumkin.