O‘zbekiston | 13:19 / 12.01.2018
14557
3 daqiqa o‘qiladi

Oliy Majlis huzurida yangi Institut o‘z faoliyatini boshladi

Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi qo‘shma qarori bilan tashkil etilgan Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti o‘z faoliyatini boshladi. 2018 yil 12 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan tuzilgan Institutning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

BMT Taraqqiyot dasturi, YUNISEF, YuNeSKO, JSST va AQSh, Yaponiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Turkiya va boshqa davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari rahbarlari va vakillari ishtirok etgan tadbirni Qonunchilik palatasi raisi N.Ismoilov ochib berdi. 

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Institutning asosiy maqsadi va vazifalari, tuzilmasi, yaqin, o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan asosiy ustuvor yo‘nalishlari haqida keng ma'lumotlar berilib, xorijiy mamlakatlar parlamentlarining shu kabi institutlari bilan hamkorlik istiqbollari haqida axborot berildi. 

Taqdimotda Institutning 2018 yilgi faoliyat rejalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi, bunda aniq loyihalar alohida urg‘u berildi. 

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Bundan tashqari, qabul qilinayotgan qonunlarni iqtisodiy baholash uslubiyotini ishlab chiqish orqali qonun ijrosi bilan bog‘liq biznes, umuman iqtisodiyotning ortiqcha byurokratik xarajatlarini oldini olish va qisqartirish, “o‘lik qonunlar” qabul qilinishini cheklashga erishish mumkin bo‘ladi.

Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi qo‘shma qarori bilan tashkil etilgan Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutiga Qonunchilik palatasi deputati Rahimjon Hakimov direktor sifatida tayinlandi.

Foto: KUN.UZ

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutida 37 xodim faoliyat yuritadi. Uning huzurida tashkil etilgan 7 ta bo‘lim sohalar bo‘yicha qonunlarni takomillashtirish ishlarini olib boradi hamda qonunchilik borasida kelayotgan takliflarni tahlil qilish bilan shug‘ullanadi. 

Mavzuga oid