Jahon | 14:04 / 27.12.2018
16295
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada xorijliklar uchun istiqomat qilish bo‘yicha muddatsiz ruxsatnoma joriy etilishi mumkin

Foto: Nataliya Seliverstova

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi chet elliklar uchun istiqomat qilishga muddatsiz ruxsatnoma berish amaliyotini joriy etish va uni har besh yilda bir marta uzaytirishdan voz kechish taklifi bilan chiqdi. Tegishli qonun loyihasi ishlab chiqilayotgani to‘g‘risidagi ma'lumot normativ huquqiy hujjatlar federal portalida e'lon qilindi.

«Bunday yondashuv Rossiya Federatsiyasida doimiy yashash institutini amalga oshirish mexanizmini soddalashtiradi, ayni paytda, soliqqa tortish va yig‘imlar sohasidagi munosabatlar qayta ko‘rib chiqilishini nazarda tutadi», - deyiladi tashabbusga qoldirilgan izohda.

Qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi 2019 yil 9 yanvargacha davom etadi. Qonun loyihasining kuchga kirish bo‘yicha taxminiy muddat - 2019 yil sentabr oyi.

Mavzuga oid