2022 yil 24 fevraldan 2026 yil 13 yanvargaça Ukrainadagi uruşda kamida 163 606 nafar rossiyalik harbiy halok bölgani tasdiqlandi. Bu juma kuni, 16 yanvarda BBC rus xizmati va “Mediazona” jurnalistlari volontyorlar jamoasi iştirokida oçiq manbalardan olingan ma’lumotlar asosida e’lon qilgan yangilangan röyxatdan kelib çiqadi.
Jamlanmada aytilişiça, Rossiya armiyasi va boşqa kuç tuzilmalarida 6,3 mingdan ortiq ofitserning (6 302 nafar ) halok bölgani tasdiqlangan. 2024 yil sentabriga kelib, yöqotişlar soni böyiça birinçi öringa yana köngillilar çiqdi (53 976 nafar, 33 foiz) — bunda kumulyativ ta’sir özini körsatgan (şunga öxşaş tendensiya 2022 yil yoz boşidan kuz örtalarigaça ham kuzatilgan edi). Şu vaqtga kelib qamoqxonalarda yollaş sezilarli darajada kamaygan, RFda esa yangi safarbarlik e’lon qilinmagan.
Sezilarli yöqotişlar hali ham mahkumlar orasida qayd etilmoqda, ulardan keyin safarbar qilinganlar va motoöqçi qöşinlar turadi.
Halok bölganlar içida eng köp son (15 997 nafar ) — 36–38 yoşdagilar hissasiga töğri keladi, ulardan keyin 33–35 yoşdagilar (15 673 nafar ). 30–35 yoşdan keyin köpinça odamlar uruşga öz xohişi bilan ketadi, safarbarlik esa 25 yoşdan kattalar orasidan amalga oşiriladi.
Jurnalistlar va volontyorlar tuzgan röyxat töliq emas: harbiylar halokati haqidagi barça ma’lumot ham omma uçun oçiq emas.
Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabining 2025 yil 12 dekabrdagi ma’lumotiga köra, Rossiya armiyasining Ukrainaga keng kölamli hujumining birinçi kunidan buyon taxminiy yöqotişlari 1 186 480 nafar (ölganlar va yaralanganlar)ni taşkil etadi.
Ötgan haftada 2022 yil 24 fevralga ötar keçasi boşlangan RFning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi davomiyligi rekord qayd etdi. Yakşanba, 11 yanvar kuni Rossiyaning Putin buyruği bilan boşlangan qurolli hujumning 1418-kuni böldi.
Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) 15 yanvar kuni RFning Ukraina energetikasiga yönaltirilgan zarbalarini “insoniyatga qarşi jinoyatlar” deb kvalifikatsiya qildi.
Isitiş mavsumi boşlanganidan buyon Ukraina tomoni mamlakatning energetika obektlari va issiqlik ta’minoti tizimlariga qarşi RF tomonidan amalga oşirilgan 256 ta havo hujumini hujjatlaştirgan. UXX bayonotida qayd etilişiça, 2025 yil oktyabr oyi boşidan RF kuçlari “maqsadli tarzda Ukrainadagi 11 ta GES va 45 ta eng yirik IES”ga hujum qilgan.
Hujjatda aytilişiça, RF harbiylari, şuningdek, issiqlik elektr stansiyalariga 49 ta aniq havo zarbasi, Ukraina turli hududlaridagi elektr podstansiyalariga esa 151 ta zarba bergan. The New York Times gazetasi 15 yanvar kuni poytaxtdagi bu qişdagi vaziyatni uruş boşlanganidan beri “eng oğir” deb atadi.













