O‘zbekiston | 09:43 / 08.04.2019
15845
1 daqiqa o‘qiladi

Kommunal xizmatlarni ko‘rsatish tizimi xususiy sektor sub'yektlariga topshiriladi

Foto: 123RF

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Hukumat tuzilmasiga kiruvchi idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlarini yanada ixchamlashtirish va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Hukumat tuzilmasiga kiruvchi idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlarini yanada ixchamlashtirish va faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturiga ko‘ra, kommunal xizmatlarni ko‘rsatish tizimini davlat-xususiy sherikchilik shartnoma asosida xususiy sektor sub'yektlariga tender orqali eksperiment tarzda topshirish bo‘yicha pilot loyiha amalga oshiriladi.

Bu borada tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi va tasdiqlanishi ta'minlanadi.

Bajarish muddati - 2019 yil 1 noyabr, mas'ul ijrochilar - Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarni boshqarish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, tegishli idora va tashkilotlar.

Mavzuga oid