Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atom stansiyalarida xavfsizlik madaniyati uch darajali model orqali joriy etiladi
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi atom elektr stansiyalarida xavfsizlik madaniyatini shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona standartlarni joriy etishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqdi. Yangi talablar rahbar va xodimlar uchun xavfsizlikni ustuvor qadriyat sifatida belgilash, ochiq muloqot muhitini yaratish va shaxsiy javobgarlikni oshirishga yo‘naltirilgan.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi atom elektr stansiyalarida hamda ularni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarda xavfsizlik madaniyatini shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha asosiy talablarni belgilashni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqdi.
Hujjat atom sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar uchun xavfsizlik madaniyatini rivojlantirishda yagona standartlarni joriy etishni ko‘zda tutadi.
Yangi talablar atom elektr stansiyalarida rahbar va xodimlar faoliyatida xavfsizlikni ustuvor qadriyat sifatida belgilash, ochiq muloqot muhitini yaratish va shaxsiy javobgarlikni oshirishga yo‘naltirilgan.
Hujjatda tashkilotlarda xavfsizlik madaniyatini shakllantirish uch bosqichli model asosida amalga oshirilishi tavsiya etilgan:
- ko‘zga tashlanuvchi daraja — ya’ni, xodimlar xulq-atvori va tashkilot muhiti orqali namoyon bo‘ladigan xavfsizlik munosabati;
- qadriyatlar darajasi — tashkilot siyosati va ichki me’yorlar orqali ifodalangan xavfsizlik qadriyatlari;
- chuqur tushunchalar darajasi — xavfsizlik madaniyatini tashkilot falsafasiga singdirish.
Loyihada rahbarlarning shaxsiy namunasi, ochiq muloqot va ishonch muhitini yaratish orqali jamoaviy mas’uliyatni kuchaytirish muhim omil sifatida qayd etilgan. Shu bilan birga, har bir xodim o‘z faoliyatining atom stansiyasi xavfsizligiga ta’sirini anglashi va ish jarayonida yuzaga kelgan xatolarni yashirish o‘rniga ulardan saboq chiqarishi lozimligi ta’kidlangan.
Hujjatda xavfsizlik madaniyatini qo‘llab-quvvatlash uchun xodimlarni tanlash, tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, treninglar, favqulodda holatlar bo‘yicha mashqlar o‘tkazish hamda xodimlarning jamoaviy ishlash va samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi choralar belgilangan.
Yangi talablarning amaliyotga joriy etilishi atom energetikasi obektlarida xavfsiz ish muhitini ta’minlash bilan birga, O‘zbekistonning xalqaro yadro xavfsizligi standartlariga moslik darajasini ham oshiradi.
Mavzuga oid
07:46 / 07.05.2026
Radiatsiya xavfsizligi qoidalari buzilishi to‘g‘risida xabar berganlar rag‘batlantiriladi
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026