Avto | 07:27 / 29.07.2025
3687
2 daqiqa o‘qiladi

Elektromobillardan foydalanishni ommalashtirish to‘g‘risidagi qarorga qo‘shimcha kiritiladi

Vazirlar Mahkamasining "Elektr quvvati bilan harakatlanadigan avtomototransport vositalaridan foydalanishni ommalashtirishga hamda yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi tartib-taomillarni soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori 4-bandiga qo‘shimcha kiritish haqida"gi qaror loyihasi e’lon qilindi. 

Foto: autostrada.uz

Vazirlar Mahkamasining “Qonunchilik hujjatlarida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish hamda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda yuridik va jismoniy shaxslarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsad qilingan.

Vazirlar Mahkamasining “Elektr quvvati bilan harakatlanadigan avtomototransport vositalaridan foydalanishni ommalashtirishga hamda yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi tartib-taomillarni soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 4-bandi quyidagi tahrirdagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldiriladi:

“2025 yil 1 sentabrdan boshlab oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha avtotransport vositalari hamda xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan, oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha avtotransport vositalari uchun RO‘DRBlar yuridik shaxsning murojaati yoki fuqaroning arizasiga binoan IYe, IAYe, IIIE yoki IIIAE tipidan I, IA, III yoki IIIA tipga bazaviy hisoblash miqdorining uch yarim baravari miqdoridagi to‘lov asosida almashtirib berishini yo‘lga qo‘ysin”.

Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid