Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokrovsk uchun jangda Rossiya yangi taktikadan foydalanmoqda
Pokrovsk xuddi Baxmut kabi ukrain qarshiligi ramziga aylandi, ammo ikki yil o‘tib Rossiyaning taktikasi o‘zgargan. Baxmutdagi kabi «go‘shtqiymalagich» yo‘q, o‘rniga kichik shturm guruhlari bor.
Stanislav Krasilnikov / Sputnik / Profimedia
Donetsk oblastining Rossiya qo‘shinlari tomonidan qamal qilinayotgan Pokrovsk shahri Ukraina qarshiligining ramziga aylandi – ruslar oxirgi bor 2022–2023 yillarda Baxmut shahrini olishda shu qadar jiddiy muammoga duch kelgandi. Pokrovsk uchun jang 2024 yil oxiridan buyon davom etmoqda. 2025 yil noyabriga kelib Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Pokrovskdagi murakkab vaziyatni tan oldi, u yaqinda bergan intervyusida Ukraina qurolli kuchlari shaharni tashlab chiqishi mumkinligini aytdi. Ammo jiddiy farqlar ham bor – Pokrovsk uchun jangda Rossiya taktikani o‘zgartirdi va bu o‘zgarish so‘nggi ikki yildagi urush evolyutsiyasini aks ettiradi, deb yozadi ukrainalik harbiylar va tahlilchilar bilan suhbatlashgan CNN.
Asosiy o‘zgarishlardan biri uzoq masofaga uchuvchi dronlar ommaviy qo‘llanishi bo‘ldi. Bu amalda front chizig‘ining ikkala tomonidagi «zarba berish zonalari»ni kengaytirdi, bu esa qo‘shinlarning jang maydonida oldinga siljishini sezilarli darajada qiyinlashtirdi, deya ta’kidlaydi CNN. Rossiya qo‘shinlari og‘ir zirhli texnikalardan foydalanish o‘rniga tobora ko‘proq moped va kvadrosikllar yordamida ukrainlar hududiga kirishga harakat qilmoqda. Ukraina qurolli kuchlarining Pokrovsk mudofaasida qatnashgan askarining so‘zlariga ko‘ra, ularning baggida harakatlangan rossiyalik harbiylar bilan birinchi uchrashuvi «o‘ta kutilmagan» holat bo‘lgan – ammo shu bilan birga dronlarning doimiy hujumlari sharoitida bu mantiqiy yechim edi.
Boshqa tomondan, Pokrovskdagi vaziyat yaradorlarni shahardan evakuatsiya qilish deyarli imkonsiz ekani bilan murakkablashgan, deydi ukrainalik shifokorlar. Ularning so‘zlariga ko‘ra, mashinalar shaharga ko‘pi bilan 10–15 kilometr masofada yaqinlashishi mumkin va bu ham dronlar tufayli o‘ta xavfli. «Og‘ir yaradorlar barqarorlashtirish punktlariga yetib bormayapti. Agar kimdir o‘rtacha og‘irlikdagi jarohat olsa, u menga og‘ir ahvolda keladi, umuman yetib borishga muvaffaq bo‘lsa. Yengil jarohatlar o‘rtacha og‘irlikdagi jarohatlarga aylanadi», – deydi u CNN telekanaliga.
Baxmut uchun jangni ukrain harbiylari «go‘shtqiymalagich» deb atagandi – Rossiya harbiylari ukrainlarning istehkomlari tomon katta to‘lqin bo‘lib bostirib kelgani, ukrainlar esa ularga o‘t ochish orqali o‘z pozitsiyalarini fosh etgani tufayli. Bu ikki tomonda ulkan yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi – ammo endi, CNN yozganidek, Rossiyaning taktikasi o‘zgardi. Ukraina harbiylariga ko‘ra, Rossiya hujum guruhlari son jihatdan qisqargan. – Ilgari shahar hududida besh-yetti kishidan bo‘lib yurishardi. Hozir ko‘pi bilan uch nafardan. Endi ularni razvedkachi dronlar yordamida kuzatish qiyin, chunki ekrandagi harakatlar kamroq», – deydi CNN suhbatdoshi. Yana bir ukrainalik jangchi ham rossiyalik harbiylar uch kishilik guruh bo‘lib harakatlanayotganini ta’kidlamoqda. Uning aytishicha, ular ikki kishi yo‘q qilinsa ham, uchinchisi «baribir shaharga yorib kirib, mustahkam o‘rnashib olishi»ni mo‘ljal qiladi. «Bir kunda yuzga yaqin shunday guruhlar hujumga o‘tishi mumkin», – degan u.
Vashingtondagi Urushni o‘rganish instituti (ISW)ning Defense of Europe loyihasi direktori Meyson Klarkning fikricha, Rossiya bunday harakatlarni o‘ziga ep ko‘rishi mumkin, chunki tezkor harakatlanishga e’tibor qaratilgan 2022–2023 yillardagidan farqli o‘laroq, hozir «hujum juda past sur’atda kechishiga qarshi emas».
Mavzuga oid
20:56 / 31.03.2026
Rossiya Ukrainaga Donbassdan qo‘shinlarini olib chiqish uchun ikki oy muhlat berdi – Zelenskiy
22:42 / 28.03.2026
Eron Dubaydagi “Ukraina ombori”ga zarba berganini ma’lum qildi
10:18 / 28.03.2026
Ukrainada urush uchun pul iyungacha qolgan
10:08 / 28.03.2026