Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyadagi teraktlarda 34 mamlakat fuqarosi halok bo‘ldi va jabrlandi
Foto: RIA Novosti / Xaver Luengo
Barselona va Kambrilsdagi teraktlar natijasida 34 mamlakat fuqarolari halok bo‘ldi va jarohatlandi. Bu haqida Kataloniyaning favqulodda vaziyatlar xizmati xabar berdi.
"Ma'lumotlarga ko‘ra, Barselona va Kambrilsdagi teraktlarda halok bo‘lgan va jarohat olganlar 34 mamlakat fuqarolari bo‘lgan", - deyiladi Kataloniya favqulodda vaziyatlar xizmatining Twitter'dagi xabarida.
Les víctimes mortals i ferits atemptats #Cambrils i #Barcelona són (balanç provisional) de 34 nacionalitats diferents pic.twitter.com/IZCYMg1zJQ
— EmergènciesCatalunya (@emergenciescat) August 18, 2017
Idora ma'lumotlariga ko‘ra, bu ro‘yxatga quyidagi mamlakatlar fuqarolari kirgan: Ispaniya, Germaniya, Jazoir, Argentina, Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Marokash, Kanada, Xitoy (va Tayvan), Kolumbiya, Ruminiya, Venesuela, Kuba, Ekvador, Misr, AQSh, Filippin, Fransiya, Britaniya, Gretsiya, Niderlandiya, Honduras, Vengriya, Irlandiya, Italiya, Kuvayt, Makedoniya, Mavritaniya, Pokiston, Peru, Dominikan Respublikasi, Turkiya.
Kuni kecha Barselona markazi hamda Kambrils shahrida avtomobillar odamlar ustiga bostirib borgan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, umumiy hisobda 14 kishi halok bo‘lgan, 100 nafardan ortig‘i jarohat olgan. Barselonadagi terakt ijrosi uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan. Hozirga qadar politsiya bir necha gumondorni qo‘lga olgan, Barselonada yo‘lovchilar ustiga bostirib borgan avtomobil haydovchisi qidiruvlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026