Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxtani o‘z hisobidan yetishtirganlarga subsidiya ajratiladi
Subsidiya miqdori birjada sotilgan paxta xomashyosi qiymatining 10 foizini tashkil etadi.
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda 2025 yil hosilidan boshlab, paxta xomashyosini o‘z mablag‘lari va tijorat kreditlari hisobidan yetishtirgan holda birjada sotgan xo‘jaliklarga shakllangan hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.
Paxta xomashyosini yetishtirish uchun olingan imtiyozli kreditlarni hosil yilining yakuniga (tegishli yilning 31 dekabriga) qadar qaytargan xo‘jaliklarga ushbu kreditlar bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovlarining 4 foizlik punktini subsidiya sifatida qaytarib berish tartibi joriy etiladi.
Bu – «Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qo‘llashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmonida belgilandi.
Farmonga ko‘ra, birja orqali:
– fyuchers shartnomalari kalendar yilning 1 noyabridan keyingi yilning 1 iyunigacha xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida birjada erkin shakllanadigan, biroq e’lon qilingan boshlang‘ich narxdan past bo‘lmagan narxda tuziladi;
– forvard shartnomalari kalendar yilning 1 noyabridan keyingi yilning 1 martigacha xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida o‘zaro kelishilgan narxlarda tuziladi;
– spot shartnomalari real vaqt rejimida omborda saqlanayotgan paxta xomashyosi hajmiga xo‘jaliklar va qayta ishlovchilar o‘rtasida o‘zaro kelishilgan narxda tuziladi;
– saqlash omborlari yoki ijara shartnomalari mavjud bo‘lmagan xo‘jaliklar o‘zi yetishtiradigan paxta xomashyosi bo‘yicha har hosil yilining 1 martigacha forvard yoki 1 iyunigacha fyuchers shartnomalari rasmiylashtiradi.
Mavzuga oid
08:07 / 15.04.2026
Dunyoda eng ko‘p paxta yetishtiruvchi davlatlar reytingi e’lon qilindi
09:40 / 06.04.2026
3,7 gektar yerni 7 gektar deb sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi
12:08 / 19.03.2026
Qashqadaryo viloyat sudi nishonlik fermerning murojaati yuzasidan izoh berdi
08:39 / 18.03.2026