Kun.uz muxbiri talabalar mehnatiga oid qonunchilik va amaliyotdagi muammolar haqida Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonov bilan intervyu uyushtirdi.
– Ta'limning kunduzgi shaklida o‘qiyotgan talaba qanday shartlar asosida ishlay oladi?
– Mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash – har bir shaxsning konstitutsion huquqidir.
Mehnat kodeksining 77-moddasiga ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan har bir shaxs mehnat qilish huquqiga ega. 15 yoshdan esa yoshlarni sog‘lig‘iga ziyon yetkazmaydigan, ta'lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.

Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirining 9-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Oliy ta'lim to‘g‘risidagi nizomning 50-bandiga muvofiq, kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida kunning ikkinchi yarmida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkin. Kunning ikkinchi yarmida o‘qiydigan talabalar ishlay olmaydi, degan qoida kelib chiqmasligi kerak. Bu toifa talabalar ham o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ishlashlari mumkin.
Bundan kelib chiqadiki, talabalar bemalol ishlashlari mumkin. Lekin mehnat qonunchiligiga ko‘ra, talaba faqat ta'limdan bo‘sh vaqtida ishlash huquqiga ega.
– Talaba bir kunda necha soat ishlay olishi mumkin va bu qaysi normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi?
– Talaba faqat o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashi mumkin. Mehnat kodeksining 115-moddasiga muvofiq, xodimning ish vaqti haftasiga 40 soatdan oshmasligi kerak. Ya'ni 6 kunlik ish haftasi joriy etilgan tashkilotlarda kunlik 7 soat, 5 kunlik ish haftasi joriy etilganlarda esa ish vaqti kunlik 8 soatdan ortiq bo‘lmasligi shart. Shuningdek, ishning tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi o‘rtasidagi kundalik dam olish vaqtining muddati 12 soatdan kam bo‘lishi mumkin emas (MK









