«Avtotransport vositalarini boşqarişda va yönalişsiz taksi faoliyatini amalga oşirişda qöşimça qulayliklar yaratiş töğrisida»gi prezident qaroriga asosan 2022 yil 1 sentabrdan 2024 yil oxirigaça törttadan köp bölmagan örindiqqa ega transport vositalarida yölovçi taşuvlariga özini özi band qiliş deb qaralişi va uşbu faoliyat litsenziya varaqasi asosida amalga oşirilişi belgilangan edi. 

Transport vazirligi xabariga köra, bugungi kunda özini özi band qilgan holda taksiçilik faoliyati bilan şuğullanayotganlar soni 148 ming nafarni taşkil etmoqda. 

Qayd qilinişiça, bu yönalişda özini özi band qilganlar soni böyiça 18 816 nafar körsatkiç bilan Toşkent şahri yetakçilik qilmoqda. Keyingi örinlardan Samarqand, Toşkent, Buxoro hamda Andijon viloyatlari joy olgan.

Qonunçilikka köra, özini özi band qilgan fuqaro sifatida röyxatdan ötgan fuqarolarning faoliyati mehnat stajiga kiritiladi va pensiya ta’minotida hisobga olinadi.